|
O‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlariBog'liq Mehnat muxofazasiO‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari.
Eng keng tarqalgan o‘t
o‘chirish moddalariga
suv, suv bug‘i, uglekislota,
namlagichlar, kimyoviy va havo-mexanik ko‘piklar, galoid tarkibli uglevodorodlar,
kukun tarkibli aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert gazlar
va boshqa mexanik vositalar (qum, tuproq, brezent va h.k.) kiradi.
O‘t о‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi:
-yong‘inni о‘chirish usuliga ko‘rа
– sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota);
suyultiriluvchi, уa’ni yong‘in zonasidagi kislorod miqdorini kamaytirish (ma’lum
miqdordagi uglekislota gazi, yupqa zarrali suv, suv bug‘i yoki inert gaz
aralashmasi); izolatsiyalovchi (yonish zonasi, atrof-muhit bilan ko‘pik yoki kukun
pardasi hosil qilish orqali izolatsiyalanadi);
-ingibir xususiyatli (tarkibi brometil, dibromtetraftor etan va brom metildan
iborat galoid tarkibli uglevodorodlar, tarkibi 3,5-4
ND
freondan iborat moddalar va
b.);
-Elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha
– elektr o‘tkazuvchi (suv, suv bug‘i va
ko‘pik); elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va kukunlar);
-Zaharliligi
bo‘yicha
– zaharsiz (suv, ko‘pik va kukunlar), kam zaharli
(uglekislota va azot) hamda zaharli (3,5-brometil, freon tarkibli).
Suv
o‘t o‘chirishda alohida yoki turli xil kimyoviy moddalar bilan aralashma
holatida foydalaniladi. Suvning o‘t o‘chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish
haroratidan past haroratgacha sovutishga asoslangan.
Suvning hajmi bug‘lanish davrida 1700 va undan oshiq martagacha ortadi
hamda bug‘ yonish zonasidan kislorodni siqib chiqaradi.
Uglekislota
(is gazi) va uglerod ikki oksidi rangsiz hamda havodan 1,5 marta
og‘ir gaz. U yong‘in muhitida parda hosil qilib yong‘in zonasiga kislorod kirishini
to‘xtatadi. Undan sig‘imlardagi yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar
yong‘inini, elektr jihozlari yong‘inlarini va muzeylar, arxivlar kabi suvdan hamda
ko‘pikdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan binolardagi yong‘inlarni
o‘chirishda foydalaniladi.
|
| |