FANNING O‘ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA
BAHOLASH.
Baholash mezoni o‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish
darajasining davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi
nazorat tartibotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat – so‘rovlar, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar va testlar
tarzida bilimlar, malaka ko‘nikmalar tekshiriladi;
Oraliq nazorat – semestr tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli
bo‘limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o‘quvchi reytingi
aniqlanadi. Bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni baholash uchun oraliq nazorat
imtixonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida o‘tkaziladi;
Yakuniy nazorat – akademik litseyda, kasb-hunar kollejida o‘qish
tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi: imtihonlar,
testlar, malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya
qilish shaklida amalga oshiriladi.
Fan tugallanishida yakuniy nazorat test usulida o‘tkaziladi. Boshqa hollarda
yakuniy nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta`lim muassasasining ilmiy-
pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Har bir kursda o‘qish tugagandan keyin reyting nazorati natijalariga ko‘ra
o‘quvchilarni keyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul
qilinadi.
Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillarning bajarilishi
zarur:
a) Har bir fan bo‘yicha tegishli kafedralar tomonidan ma`qullangan
variantlar asosida boshlang‘ich nazorat o‘tkaziladi. Boshlang‘ich nazorat reyting
monitoring va tahlil guruhi tomonidan o‘tkaziladi;
b) O‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘limi bo‘yicha o‘quvchi
albatta baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat
belgilanadi. Ushbu bo‘limlarni tegishli kafedralar aniqlaydi;
c) Yakuniy nazorat yakuniy nazorat kafedralar tomonidan tuzilgan
variantlar asosida reyting monitoringi va taxlili guruhi kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.
Semestr mobaynida o‘quv yuklamasi 24 soatdan kam bo‘lgan fanlardan
oraliq nazorat o‘tkazilmaydi.
O‘quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting
ko‘rsatkichlarini aniqlash
O‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilishning reyting tizimi asosida o‘quvchining har bir fan(predmet) bo‘yicha
o‘zlashtirish darajasini ballar orqali ifodalanadi.
Har bir nazorat (so‘rov) turi turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat`i nazar
5 ballik (“5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baxolanadi.
Boshlang‘ich nazoratning natijasi boshqa nazoratdan olingan ballarga
qo‘shilmaydi. U o‘quvchining semestr davomida ushbu fan bo‘yicha o‘zlashtirish