Evakuatsiya уo‘llari va chiqish уo‘lkаlarini hisoblash




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

Evakuatsiya уo‘llari va chiqish уo‘lkаlarini hisoblash 
Yong‘in vaqtida odamlarni 
va 
moddiy boyliklarni yong‘in zonasidan 
evakuatsiya qilish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. 
Evakuatsiya vaqtining ruxsat etilgan miqdori haroratni inson uchun xavfli 
kritik miqdoriga (600) yetishi, havo tarkibida kislorod miqdorini kamayishi, 
xonani tutun bosib, ko‘rinish dаrаjasini susayishi va zaharli moddalarini hosil 
bo‘lish vaqti orqali belgilanadi. Zarur evakuatsiya vaqtida odamlarni harakatlanish 
tezligi – 16 m/min., zinadan pastga harakatlanish tezligi – 10 m/min., yuqoriga 
harakatlanishi –8m/min. atrofida bo‘ladi. I va II darajadagi yong‘inga 
chidamlilikdagi binolardan evakuatsiya qilish vaqti – 6 minut, III va IV darajadagi 
binolardan – 4 minut, V dаrаjadagi binolardan – 3 minut qilib qabul qilinadi. 
Bolalar muassasalari uchun bu vaqt 20% kam qilib belgilanadi. 
Evakuatsiya uchastkasining ruxsat etilgan uzunligi quyidagicha aniqlaniladi: 
Lh = V Т, m. 
Uchastkada odamlarni joylashish zichligi: 
D = N/S, odam/m2, 
bu yerda, N – uchastka maydonidagi odamlar soni; 
odamlarni gorizontal proeksiya bo‘yicha egallashi mumkin bo‘lgan maydon 
hisobida - 0,1...0,125 m2; 
S – maydon уo‘lining yuzasi, m2 . 
Odamlar oqimining bo‘ylama zichligi:
-kattalar uchun -10–12 odam/m2;
-maktab bolalari uchun - 20–25 оdаm/m2 atrofida qabul qilinishi mumkin. 
Evakuatsiya maydonining talab etiladigan eni: 
B=N/LD,m 
Evakuatsiya maydonidagi chiqish уo‘laklari soni: 
Рe.y.= 0,6 N/100В. 
Chiqish уo‘laklari kamida 2 ta qilib qabul qilinadi. 


Ishlab chiqarishni yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyasiga, binoni 
yong‘inga chidamlilik darajasiga 
va 
necha q avatli ekanligiga bog‘liq holda 
evakuatsiya chiqish уo‘laklari bilan ish joyi orasidagi masofa 50 metrdan 100 
metrgacha bo‘lishi mumkin. Evakuatsiya eshiklarining eni - 0,8...2,4 m, уo‘llar - 
1,15...2.4 m, zallar - 1,4 m dan kam bo‘lmasligi lozim. 
Yo‘llarni o‘tkazish qobiliyati deb уo‘l enining ko‘ndalang kesimi bo‘yicha 
vaqt birligida o‘tadigan odamlar soniga aytiladi va 
и 
quyidagicha aniqlaniladi: 
Q = DVB. 
Eni 1,5 m bo‘lgan eshiklar va zinapoyalarning solishtirma o‘tkazuvchanlik 
qobiliyati 50 od am/m min., eni - 1,5...2,4 m bo‘lganda - 60 odam/m min. ga teng 
bo‘ladi. 
Nazorat savollari: 
1. Yong‘in muhofazasini tashkil etish tartibi qanday tashkil etilgan? 
2. Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalarining qanaqa turlarini 
bilasiz? 
3. Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi vositalari qanday o‘rnatiladi? 
4. Yong‘inni o‘chirishni tashkillashtirish tartibi nimalardan iborat? 

Download 8,4 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Evakuatsiya уo‘llari va chiqish уo‘lkаlarini hisoblash

Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish