Yong‘inni avtomat o‘chirish qurilmalari foydalaniladigan o‘t o‘chirish
moddalarining turiga bog‘liq holda suv bilan o‘chiruvchi, suv-ko‘pikli, havo-
ko‘pikli, gazli (uglerod ikki oksidi, azot va yonmaydigan gazlar), kukunli va
kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Вu qurilmalar harakatga kelish vaqtiga
qarab esa quyidagilarga bo‘linadi:
-o‘tа tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 1 sek.dan ortiq emas),
-tez harakatga keluvchi (kam inersiyali, harakatga kelish vaqti 30 sek),
-o‘rta inersiyali (harakatga kelish vaqti 31–50 sek),
-inersiyali (harakatga kelish vaqti 60 sekdan yuqori).
Ular ish vaqtining davomiyligiga bog‘liq holda qisqa vaqt ta’sir etuvchi (15
min.gacha), o‘rta davomiylikda (15–30 min.) va uzoq vaqt ishlovchi (30 min. dan
ortiq) turlarga bo‘linadi.