OU-80
va
OU-400 rusum o‘t o‘chirgichlar kiradi. Ular tortib ko‘rib tekshiriladi.
Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7 kg. dan kam bo‘1sa (mos holda, OU-2,
OU-5 va OU-8 o‘t o‘chirgichlari uchun), ular qayta zaryadlanadi.
Uglekislotali-brometilli o‘t о‘chirgichlarga
OUB-3А va
OUB-
7А lar kiradi.
Ularning hajmi 3,2 va 7,4l bo‘lib, brometil va uglekislota aralashmasi bilan
zaryadlanadi. Bu rusumdagi qo‘l o‘t o‘chirgichlarini ishlash vaqti – 35 sek, uzatish
uzunligi – 3,0-4,5 m.
Kukunli o‘t o‘chirgichlar
OP-1, «Moment», OP-2А, OP-10А, OP-100, OP-
250 va SI-120 rusumli bo‘lib, ular uncha katta bo‘lmagan yong‘inlarni o‘chirishda
ishlatiladi.
OP-1 va «Moment» o‘t o‘chirgichlaridan avtomobillar hamda kuchlanishi
1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida foydalaniladi.
OP-10А
o‘t o‘chirgichi ishqorli metallardagi (natriyli, kaliyli) hamda yog‘och
va plastmassalardagi yong‘inlarni o‘chirishda ishlatiladi.
SI-2 ko‘chma o‘t o‘chirgichi neft mahsulotlari, metalloorganik birikmalar va
shu kabi boshqa moddalar yonishini o‘chirishda, SJB-50 va SJB-150 o‘t
o‘chirgichlari tok ta’siridagi elektr qurilmalar yong‘inini o‘chirishda hamda
aerodrom xizmatidagi o‘t o‘chirish mashinalarini jihozlashda ishlatiladi.
Ishlab chiqarish binolari uchun talab etiladigan o‘t o‘chirgichlar soni
quyidagicha aniqlanadi:
no= moS,
bu yerda, S – ishlab chiqarish xonasining yuzi,
m2
mo
–
1m2
maydonga me’уоr bo‘yicha belgilangan o‘t o‘chirgichlar soni.
Ви
ko‘rsatkich materiallar ombori, garajlar, chorvachilik binolari,
bug‘xonalar, tegirmonlar, oshxona va magazinlar uchun 100 m2 maydonga 1 tа,
elektr payvandlash sexlari, temirchilik sexlari, laboratoriyalar uchun 50 m2
maydoniga 2 ta qilib qabul qilinadi.
O‘t o‘chirish qurilmalari yong‘inni boshlang‘ich fazada to‘liq bartaraf etish va
yong‘in bo‘linmalari kelguncha yong‘in tarqalishini cheklash maqsadida
ishlatiladi. Ular statsionar, yarim statsionar
va
ko‘chma bo‘ladi. Zaryadlovchi
moddalarning turi va tarkibiga ko‘rа esa suvli, bug‘li, gazli (uglekislota), aerozol
(galoid uglevodorod), suyuqlikli va kukunli bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, o‘t o‘chirishda ATs-30(66), ATs-40(131), ATs-40(130Ye)
rusumli mashinalar
va
МР-600, МР-900, BMP-1600 rusumli motopompalardan
ham keng foydalaniladi.