• II daraja yong‘inga chidamlilikdagi binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan, yuqori chidamlilik chegarasiga (0,25–2,0 soat) ega binolar kiradi. III daraja
  • IV daraja yong‘inga chidamlilikdagi binolarga barcha konstruksiyalari qiyin yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi. V darajadagi
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    19-Mavzu: Yong‘indan оgohlantirish va o‘chirish uskunalari. 
    Reja: 
    1. Yong‘inga qarshi himoya tizimi. 
    2. O‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari. 
    3. O‘t o‘chirgichlar, o‘t o‘chirish qurilmalari va mashinalari. 
    4.
     
    Yong‘inga qarshi suv ta’minoti.
     
    Yong‘inga qarshi himoya tizimi. 
    Yong‘inga qarshi himoya tizimi 
    – bu yong‘inning xavfli faktorlarini insonga 
    ta’sirini bartaraf etishga va yong‘in vaqtida material zararlar miqdorini cheklashga 
    qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir. 
    Yong‘inga chidamlilik deganda, materiallar va konstruksiyalarning yong‘in 
    sharoitida o‘z mustahkamligini saqlash xususiyati tushuniladi. Qurilish 
    konstruksiyalarining yong‘in ta’sirida o‘z xususiyatini va mustahkamliligini 
    уo‘qotish vaqti yong‘inga chidamlilik chegarasi deyiladi. 
    Barcha bino va inshootlar yong‘inga chidamliligi bo‘yicha 
    5 darajaga 
    bo‘linadi: 
    I daraja 
    yong‘inga chidamlilikdagi binolarga barcha konstruksiyalari 
    yonmaydigan, yuqori yong‘inga chidamlilik chegarasiga (0,5–2,5 soat) ega bo‘lgan 
    binolar kiradi. 
    II daraja 
    yong‘inga chidamlilikdagi binolarga konstruktiv elementlari 
    yonmaydigan, yuqori chidamlilik chegarasiga (0,25–2,0 soat) ega binolar kiradi. 
    III daraja 
    yong‘inga chidamlilikdagi bino va inshootlar yonmaydigan va 
    qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi. 
    IV daraja 
    yong‘inga chidamlilikdagi binolarga barcha konstruksiyalari qiyin 
    yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi. 
    V darajadagi 
    binolarga esa barcha konstruksiyalari yonuvchi materiallardan 
    tashkil topgan binolar kiradi. 
    Talab etilgan yong‘inga chidamlilik darajasi bino va inshootlarning 
    konstruksiyasi, vazifasi, necha qavatliligi, texnologik jarayonlarni yong‘inga 
    xavfliligi va yong‘inni avtomatik o‘chirish vositalarini mavjudligiga bog‘liq holda 
    belgilanadi. 
    Yog‘och va boshqa yonuvchi materiallarning yong‘inga chidamlilik darajasi 
    bir necha yo‘llar orqali oshirilishi mumkin, jumladan:
    -1m2 yuzadagi yog‘och konstruksiyaga 75 kg quruq tuzning suvdagi 
    aralashmasini maxsus idishlarda singdirish yoki 1 m2 yog‘ochga 50 kg quruq tuzni 
    issiq-sovuq vannalarda singdirish orqali;
    -yong‘indan himoyalovchi tuzlarning suvdagi aralashmasi bilan (100 gr quruq 
    tuz 1 m2 yuzaga) materiallarga yuza ishlov berish;
    -yong‘indan himoyalovchi bo‘yoqlar, suyuq shisha, tuproqli aralashma va 
    boshqa shu kabilar bilan yuza ishlov berish;
    -tuproqli gips bilan suvash, gips tolali plitalar o‘rnatish, asbestosement 
    materiallar qoplash.


    Koridorlar, уo‘laklar, zinalar va II hamda IV yong‘inga chidamlililik
    darajasidagi yordamchi binolar sirtiga yong‘indan himoyalovchi qoplamalar bilan 
    ishlov berish taqiqlanadi. 
    Yong‘indan himoyalovchi qoplamalar atmosferaga, namlikka va nam 
    bo‘lmagan 
    muhitga 
    chidamli 
    bo‘lishi 
    mumkin. 
    Atmosferaga 
    chidamli 
    qoplamalarga perxlorvinil bo‘yoqlar РХVО, ISХ, XL; namlikka chidamli 
    qoplamalarga XD-S J rusumli bo‘yoqlar; nam emas muhitga chidamli 
    qoplamalarga ХL-K turdagi, SK-L rusumli silikat bo‘yoqlar, superfosfat va 
    sho‘rtuproqli surkamalar kiradi. 

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish