Suyuq yoqilg‘ilar saqlanadigan yer osti sig‘imlaridan yoqilg‘i quyish
shaxobchasigacha bo‘lgan eng kichik masofa quyidagicha bo‘lishi lozim:
-1
va
II darajali yong‘inga chidamli binolar uchun – 10 m;
-III darajali binolar uchun –12 m;
-IV va V darajali binolar uchun – 14 m;
-avtomobillar saqlanadigan ochiq maydongacha – 10 m, уo‘laklargacha – 2
m.
Mashinalar saqlanadigan yoki ta’mirlanadigan maydonlarga yer usti
sig‘imlarini o‘rnatish taqiqlanadi. Yer usti sig‘imlari orasidаgi masofa eng katta
sig‘im diametridan katta (2 m. dan kam bo‘lmasligi zarur) bo‘lishi, qatorlar
orasidagi masofa esa 10 m.. dan kam bo‘lmasligi zarur.
Tarqatish kolonkalari I, II va III darajali yong‘in chidamliligidagi binolaridan
– 20 m, IV va V darajadagi binolardan – 20 m, yer usti sig‘imlaridan – 15 m
uzoqlikda o‘rnatilishi kerak.
Neft omborlarining barcha chegarasi to‘siqlar (devor) bilan o‘ralgan bo‘lishi
va ko‘kalamlashtirilishi lozim.
Sig‘imlar fundamentga o‘rnatilib, statik elektr tokidan himoyalovchi yerga
ulash qurilmalariga ega bo‘lishi zarur, shuningdek, filtrlar, elektrdvigatellari,
quvurlar, nasoslar va benzin kolonkalari ham yerga ulanishi kerak. Barcha
sig‘imlar narvonlar, tuynuklar, havo klapanlari, suv quyish jo‘mraklari va boshqa
moslamalar bilan jihozlanishi shart.
Neft omborlari chegarasida ogohlantiruvchi va ko‘rsatuvchi belgilar,
yashindan himoyalash qurilmalari va o‘t o‘chirish vositalari bo‘lishi lozim.
Кo‘mir omborlari ochiq maydonda, ayvonlarda, ko‘mir o‘ralarida va maxsus
binolarda bo‘lishi mumkin. Ochiq maydondagi ko‘mir omborlaridan III daraja
yong‘in chidamliligidagi binolargacha bo‘lgan masofa 6 m, IV
va
V darajali
binolargacha – 12 m, yog‘och materiallar omborigacha – 24 m, yengil yonuvchi
suyuqliklar omborigacha – 18 m bo‘lishi zarur.