• Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan
  • Yong‘in va portlashning sabablari.
  • Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet127/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi 
    – yong‘inga qarshi to‘siqlarni 
    o‘rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o‘chirish hamda qo‘shish 
    jihozlaridan va yong‘indan to‘suvchi vositalardan, yong‘in vaqtida yonuvchi 
    suyuqliklarning to‘kilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar 
    orqali amalga oshiriladi. 
    Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan 
    himoyalanish xizmatini tuzish, uni 
    texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavf- sizligi bo‘yicha оbyektdagi 
    moddalar, 
    materiallar, 
    jihozlar, 
    qurilmalar 
    va 
    texnologik 
    jarayonlarni 
    pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash 
    va 
    ularni 
    o‘qitish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha уo‘riqnomalar va aholi o‘rtasida turli xil 
    tadbirlar o‘tkazish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar ishlab chiqish hamda boshqa shu 
    kabi tadbirlar kiradi. 
    Yong‘in va portlashning sabablari.
    Yong‘inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning 
    sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya 
    qilishdan iboratdir. 
    Yong‘inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz 
    mumkin:
    -taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish;


    -yong‘in xavfsizligi bo‘yicha texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal 
    qilmaslik;
    -materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik (masalan, so‘ndirilmagan 
    ohak yoki xlorli ohakka suv aralashsa, harorat 800oС gacha yetishi mumkin);
    -statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik; 
    atmosferaning 
    kuchli 
    zaryadlaridan 
    himoyalovchi 
    qurilmalardan 
    foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 А tok kuchi 
    miqdorida elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin);
    -ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya 
    qilmaslik;
    -elektr jihozlari va qurilmalarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ularni zo‘riqtirish; 
    -isitish tizimlaridan noto‘g‘ri foydalanish;
    -bug‘ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning 
    nosozligi yoki ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi;
    -ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug‘ hamda changlarni 
    me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar. 

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi

    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish