16-Mavzu: Elektr toki urganda birinchi yordam ko‘rsatish.
Reja:
1. Elektr tokidan shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
2. Sun’iy nafas berish tartibi.
3. Immobilizatsiya va asfiksiya.
4.
Elektr toki ta’siridagi odamni qutqarish uchun qo’iladigan talablar.
Elektr tokidan shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Odamning elektr toki ta’sirida shikastlanish darajasi ko‘p
jihatdan tok
ta’sirida bo‘lgan vaqtiga bog‘liq. Bunda odam, ko‘pincha, tok o‘tayotgan qismlar
tomon engashib, begonalarning yordamisiz o‘zi tok ta’siridan ajrala olmaydi. Agar
tegishli choralar ko‘rilmasa, qisqa muddatdan keyin u halok bo‘lishi mumkin. Shu
sababli, odamni avvalo tok ta’siridan xoli qilish kerak.
Birinchi navbatda, odam tegib turgan elektr qurilma o‘chiriladi, uning simi
kesib tashlanadi yoki
izolatsiyalangan dastali asbob, masalan, quruq dastali bolta
bilan chopib tashlanadi. Simlarni chopishda qisqa tutashuv bo‘lmasligi uchun har
qaysi simni alohida-alohida chopib tashlash kerak.
Agar odamni elektr toki
ta’siridan qutqarishning ko‘rsatilgan usullarini amalga oshirishning iloji bo‘lmasa,
simlar sun’iy ravishda qisqa tutashtiriladi, bundan oldin elektr yoy kuydirishiga
qarshi ehtiyot choralari ko‘riladi.
Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratishning
barcha hollarida
yordam berayotgan odam o‘zini elektr toki ta’sir etishi ehtimolidan xoli qilib
qo‘yishi kerak. Buning uchun qo‘llarga quruq kiyim o‘rash yoki tok
o‘tkazmaydigan qo‘lqop kiyish, oyoqqa esa rezina
kalish yoki boshqa rezina
poyabzal kiyish shart. Quruq taxta, rezina to‘shama yoki quruq kiyimlar o‘rami
ustida turish ham mumkin.
Odamni elektr toki ta’siridan ajratib olishda bitta qo‘l yoki tayoq bilan ishlash
kerak. Jabrlanuvchi tokdan ajratilgandan keyin unga zudlik bilan birinchi yordam
ko‘rsatiladi.
Birinchi yordam choralari jabrlanuvchining holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar jabrlanuvchi hushidan ketib yoki uzoq vaqt tok ta’sirida bo‘lib, so‘ngra
o‘ziga kelsa, uni tinch holda qo‘yib, tezda shifokor chaqirish zarur.
Agar biror
sababga ko‘ra shifokor chaqirishning iloji bo‘lmasa, u holda jabrlanuvchini zudlik
bilan eng yaqin tibbiy markazga olib borish kerak.
Jabrlanuvchida hayot alomatlari ko‘rinmasa, unga sun’iy nafas oldiriladi.
Jabrlanuvchini yerga ko‘mib qo‘yish mutlaqo mumkin emas, chunki bu
zararlidir.
Sun’iy nafas oldirishni jabrlanuvchi o‘ziga kelguncha yoki muqarrar o‘lim
alomatlari –murda dog‘lari paydo bo‘lguncha yoki
u sovib qolguncha davom
ettirish kerak.
Sun’iy nafas oldirishda jabrlanuvchining tanasi sovib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik, ya’ni uni nam joyda, beton yoki tosh pol ustida qoldirmaslik kerak.
Jabrlanuvchining tagiga biror issiq narsa yozib qo‘yish, uni o‘rash va iloji boricha
isitish zarur, buning uchun tanasi va oyoqlariga kuydirmasligi uchun o‘ralgan issiq
suvli butilka, issiq g‘isht yoki tosh qo‘yiladi. Bu ishlarni sun’iy nafas oldirishni
to‘xtatmagan holda, jabrlanuvchi nafas chiqarayotgan, ya’ni
yordam beruvchining
qo‘llari 2-3 sekund bo‘shagan vaqtda qilish kerak.