• Obyektning yong‘in xavfliligi deganda, uning yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi. Obyektning yong‘in xavfsizligi
  • Elektr toki ta’siridagi odamni qutqarish uchun quyidagi tartibda




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    Elektr toki ta’siridagi odamni qutqarish uchun quyidagi tartibda 
    harakatlaning: 
    Elektr jihozni o‘chirish uchun: 
    1. Rubilnik yoki o‘chirish tugmasini bosing; 
    2. Probkani burang; 
    Saqlagich (
    predoxranitel
    )ni olib tashlang. 
     
    NAZORAT SAVOLLARI: 
     
    1. Elektr tokidan shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qanday 
    amalga oshiriladi? 
    2. Sun’iy nafas berish tartibini ko‘rsatib bering. 
    3. Immobilizatsiya va asfiksiya nima? 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    17-Mavzu: Binolarni loyihalash va qurishda yong‘inning oldini olish. 
     
    Reja: 
    1. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar. 
    2. Yonish jarayonining mohiyati. 
    3. Yong‘inning oldini olish tizimi. 
    4.
     
    Neft va qattiq yoqilg‘i omborlarida yong‘in xavfsizligi.
     
     
    Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar. 
    Yong‘in 
    – bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta material 
    zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir. 
    Obyektning yong‘in xavfliligi 
    deganda, uning yong‘in sodir bo‘lishi mumkin 
    bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi. 
    Obyektning yong‘in xavfsizligi 
    deganda, belgilangan me’yorlar va talablar 
    asosida оbyektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli 
    faktorlarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, оbyektdagi materiallar to‘liq 
    himoyalangan holati tushuniladi. 
    Yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida 
    material boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ro‘у berishi mumkin. 
    Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
    ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, 
    yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, 
    kislorodning kam konsentratsiyada bo‘lishi, qurilishbkonstruksiyalari va 
    materiallarining qulab tushayotganbqismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan 
    portlash, portlashdagi to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketganbmateriallar 
    hamda zararli moddalar va b. 
    Yuqorida keltirilgan omillarning xavf1ilik darajasi birinchi navbatda 
    yong‘inning davomiylik vaqtiga bog‘liq bo‘ladi va u quyidagi 
    ifoda 
    orqali 
    aniqlanadi: 
    Tc=N/V 
    bu yerda, N – yonuvchi moddalar miqdori, kg/m3; 
    V –moddalarning yonish tezligi, kg/m3 soat. 
    Мa’lumki, yong‘inni o‘chirishga nisbatan uning oldini olish ham oson, ham 
    foydalidir. Shu sababli, har bir mutaxassis, har bir xodim ishlab chiqarishdagi 
    yong‘in sabablarini bilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilishi va 
    yong‘inning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga 
    bog‘liq holda оbyektning yong‘in xavfsizligi – yong‘inning oldini olish tizimi, 
    yong‘inga qarshi himoya tizimi, yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi va 
    tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanadi. 

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr toki ta’siridagi odamni qutqarish uchun quyidagi tartibda

    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish