Atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

Atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish. 
Yashin va momaqaldiroq vaqtida kuchli elektr zaryadlari hosil bo‘lib, 
ularning kuchlanishi 2 

dan 8 
mln V 
gacha, tok kuchi esa 200000 

gacha yetishi 
va bunday zaryadlar bino, inson va hayvonlarga katta zarar yetkazishi, shuningdek, 
turli yong‘inlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday vaqtda yashinning ta’siri 
birlamchi (to‘g‘ri urish) va ikkilamchi (elektrostatik va elektromagnit induksiyalari 
ko‘rinishida) bo‘lishi mumkin. Shu sababli, bino va inshootlarga yashin 
qaytargichlar o‘rnatilishi zarur. Yashin qaytargichlar uch elementdan: yashin qabul 
qilgich, tok o‘tkazgich va yerga ulash tizimidan tashkil topadi. Ular sterjen, 
antenna va to‘r ko‘rinishida bo‘ladi. Yashin qaytargichning eng oddiy 


konstruksiyasi tom ustiga o‘rnatilgan yashin qabul qilgich va yerga ulangan 
sterjendan iborat. 
Bunday sterjen bino atrofida yumaloq asosli ikki konus ko‘rinishidagi himoya 
zonasini tashkil etadi. Uning radiusi yashin qabul qilgich balandligidan bir yarim 
marta katta bo‘ladi. Yashin qaytargich o‘lchamini sxema tarzida aniqlashda, 
dastlab binoning konturi masshtab bo‘yicha chiziladi, keyin esa yashin qabul 
qilgich balandligi belgilanib, ushbu masshtabda ikkilamchi konus chiziladi. Agar 
bino o‘zining barcha qismlari bilan konus ichiga joylashsa, yashin qaytargichning 
tanlangan balandligi binoni yashindan yetarli darajada himoyalashga yaroqli 
hisoblanadi, aks holda, sxemada yashin qabul qilgich balandligi kattaroq qilib 
olinadi va ikkilamchi konus qayta chizilib, tekshiriladi. 
Yashin qabul qilgichlar uzunligi 1,0-1,5 

li, kesimi 100 
mm2 
dan kichik 
bo‘lmagan po‘lat sterjenlardan tayyorlanib trubasimon, temir-beton yoki yog‘och 
tayanchlarga biriktiriladi. Katta uzunlikdagi binolarda kesimi 35 
mm2 
dan kichik 
bo‘lmagan va ikki sterjen orasiga tortilgan trosslar ishlatiladi. Tok o‘tkazuvchi – 
diametri 6 
mm 
dan kichik bo‘lmagan po‘lat sterjen yoki simlardan, elektrodlar esa 
diametri 10 
mm 
dan kichik bo‘lmagan po‘lat sterjenlardan tayyorlanadi. Yashin 
qaytargichdagi barcha birikmalar payvandlanib birlashtiriladi. Boltli birikmalarga 
faqat vaqtinchalik yerga ulash qurilmalaridan foydalanishga ruxsat etiladi. 
Barcha bino va inshootlar yashin urish xavfi bo‘yicha 3 kategoriyaga 
bo‘linadi. Birinchi kategoriyadagi obyektlarga B I va B II sinfidagi portlashga 
xavfli sanoat binolari; ikkinchi kategoriyaga esa B Ia, B Ib, B IIa sinfidagi ishlab 
chiqarish binolari; uchinchi kategoriyaga portlashga xavfli P-1, P-2, P-2a sinfidagi 
binolar kiradi. 
Yashin qaytargichlarning himoya zonasi uning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib, u 
binoning balandligi, eni va uzunligiga bog‘liq holda aniqlaniladi. 
Himoya zonalari ikki turga bo‘linadi: A–ishonchlilik darajasi 99,5 % dan 
yuqori; B–ishonchlilik darajasi 95% dan yuqori. Bir-biriga yaqin joylashgan ikki 
yoki bir necha binolarni yashindan himoyalash uchun antenna yoki «to‘rsimon» 
yashin qaytargichlardan foydalaniladi. 

Download 8,4 Mb.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish

Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish