Statik elektr zaryadlari xavfidan himoyalanish




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

Statik elektr zaryadlari xavfidan himoyalanish. 
Tuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil bo‘lmagan ikki materialning o‘zaro 
ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlarda katta tezlikda 
harakatlanishi oqibatida statik elektr zaryadlari hosil bo‘ladi. Masalan, avtomobil 
beton yo‘lda harakatlanayotganida uning g‘ildiraklari yo‘l uzra sirpanishi 
natijasida yoki qum va tosh zarralarining avtomobil kuzoviga urilishi natijasida–
3000 
V
, benzinni po‘lat quvurlarda katta tezlikda harakatlanishida–3600 
V
, tezligi 
15 
m/s 
bo‘lgan tasmali uzatmalarda–80000 
V
, tasmali transportyorlarda–45000 

gacha statik elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin. 
Statik elektr zaryadining miqdori materiallarning tarkibiga, ishqalanuvchi 
qismlarning yuzasi, zichligi, solishtirma elektr qarshiligi, texnologik jarayonning 
intensivligi va muhitning mikroiqlim holatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Statik elektr zaryadlari ta’sirida turli xil jarohatlanish, yong‘in va portlashlar 
kelib chiqishi mumkin. Yuqori miqdorda statik elektr zaryadlari hosil bo‘ladigan 
muhitda inson organizmining muskullari keskin qisqarishi, uzoq vaqt statik elektr 
zaryadlari ta’sirida ishlash oqibatida esa, asab faoliyatining buzilishi, 
tayyorlanadigan 
mahsulot 
sifatining 
pasayishi 
kuzatiladi. 
Statik 
elektr 
zaryadlarining hosil bo‘lishi va to‘planishini turli xil yo‘llar bilan oldini olish 
mumkin, jumladan:
-ish joyi mikroiqlim holatini me’yorlashtirish, ya’ni xona havosi nisbiy 
namligini 70% dan kam bo‘lmasligiga erishish;
-asosiy materiallarga antistatik materiallar qo‘shish;
-muhit havosini ionizatsiyalash; ishqalanuvchi yuzalarga teskari belgili 
zaryadlarni kiritish va b.
Statik elektr zaryadlarining xavfli va zararli ta’siridan himoyalanishning 
asosiy yo‘llaridan yana biri–jihoz va sig‘imlarning metall qismlarini yerga ulash 
hisoblanadi. 
Yerga ulashda elektrod sifatida po‘lat truba, burchaksimon po‘lat va 
armaturalardan foydalanish mumkin. Statik elektr zaryadlari hosil bo‘lish ehtimoli 
bor bo‘lgan statsionar mexanizm va sig‘imlarning yerga ulash qurilmalarining 
qarshiligi 100 
Om 
dan, texnologik jarayonda ishtirok etayotgan uskuna, qurilma va 
jihozlar tizimlari uchun esa bu ko‘rsatkich 10 
Om 
dan kichik bo‘lishi zarur. 

Download 8,4 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Statik elektr zaryadlari xavfidan himoyalanish

Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish