O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

Elektr toki urishi deganda
, organizm orqali elektr toki o‘tganida tirik 
to‘qimalarning asabiylashishi natijasida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda tortishib 
qolishi tushuniladi. 
Odam organizmi elektr tokining ta’siri qanday oqibatlarga olib kelishiga 
qarab, elektr toki urishini shartli ravishda quyidagi to‘rt darajaga ajratish mumkin: 
-1-daraja, odamning mushaklari tortishib qoladi, ammo u hushidan ketmaydi; 
-2-daraja, odamning mushaklari tortishib qoladi, u hushidan ketadi, lekin u 
nafas oladi va yuragi ishlaydi; 
-3- daraja, odamning mushaklari tortishib, yuragining ishlashi yoki nafas 
olishi buziladi (yoki ikkalasi baravar ro‘y beradi); 
-4-daraja, klinik o‘lim yuz beradi, ya’ni nafas olish va qon aylanishi to‘xtaydi. 
Klinik o‘lim hayot bilan o‘lim o‘rtasidagi holat bo‘lib, yurak va o‘pka 
ishlashdan to‘xtagan paytdan boshlanadi. Klinik o‘lim holatida bo‘lgan odamda 
hech qanday hayot belgilari bo‘lmaydi: u nafas olmaydi, yuragi ishlamaydi, 
og‘riqni sezmaydi, ko‘z qorachig‘i kengayadi va yorug‘likni sezmaydi. Ammo bu 
davr organizmda hayot hali butunlay so‘nmagan bo‘ladi, chunki uning to‘qimalari 
darrov o‘lmaydi va turli a’zolari ishlab turadi. Garchi, bu jarayon endi juda sust, 
odatdagidan farqli ravishda kechsa-da, ammo eng kichik hayot faoliyati uchun 
yetarli bo‘ladi. 
Birinchi navbatda kislorod yetishmasligiga juda sezgir bo‘lgan bosh miya 
qobig‘ining hujayralari o‘la boshlaydi. Ong va tafakkur ana shu hujayralarning 
faoliyatiga bog‘liq. Shu sababli klinik o‘limning davom etish vaqti – yurakning 
ishlashi va nafas olish to‘xtagan paytdan to bosh uchun ochiq teshik va tirqishlar 
bo‘lmasligi shart. 
Naychali saqlagichlar ham g‘ilof bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. Rubilniklar 
qulflanadigan qutilarga joylashtirilishi, rubilniklarning metal g‘iloflari esa yerga 
ulanmog‘i zarur. Elektr energiyasini ulash va uzish uchun ancha xavfsiz 
hisoblangan avtomatik ishga tushirish apparatlari, jumladan, magnitli ishga 
tushirgichlar ham ishlatiladi. Magnitli ishga tushirgichlar uch fazali o‘zgaruvchi 
tok kontaktorlari (elektr magnitlar ta’sirida ishga tushadigan uzgichlar) bo‘lib, 
ularning asosiy kontaktlari ochiq bo‘ladi. Ular olinadigan qopqoqli po‘lat g‘ilofga 
mahkamlangan. Magnitli ishga tushirgichlar «pusk» va «stop» knopkalari 
yordamida masofadan ulanadi. Ko‘cma tok qabul qilgichlar (dastakli elektr asbob, 
rubilniklar) elektr tarmog‘iga, ularning tarmog‘ini ta’minlovchi tizimga bog‘liq 
ravishda, to‘rt simli yoki uch simli shlangli kabellar yordamida ulanadi. 
To‘rt simli kabelning to‘rtinchi simi va uch simli kabelning uchinchi simi tok 
qabul qilgich korpusini yerga ulashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular kabeldagi boshqa 
simlardan rangi bilan ajralib turishi kerak. 
Ko‘chma tok qabul qilgichlar elektr tarmog‘iga shtepsel vilkasi va rozetka 
yordamida ulanadi, ularning yerga ulovchi kontakti bo‘ladi. Bu kontakt ish 


kontaktlaridan 1,5–2 marta uzun bo‘lishi kerak. Vilkasi va rozetkasining shunday 
tuzilganligi tufayli, tok qabul qilgich tarmoqqa ulanmaganida ham yerga ulangan 
bo‘lib qoladi. Shlangli kabel(sim)ning bir uchi tok qabul qilgich qismlariga va 
yerga ulovchi qismga ulanadi; ikkinchi uchi esa shtepsel vilkasiga ulanadi, bu 
vilkaning tegishli miqdorda ish kontaktlari va bitta yerga ulash kontakti bo‘ladi. 
Shuning uchun shtepsel rozetkalarida, ish (tok o‘tkazadigan) kontaktlari uchun 
uyalardan tashqari, yana bitta – yerga ulovchi kontakt uchun ham uya bo‘lishi 
kerak. Sim elektr tarmog‘i shtepselsiz ulanadigan bo‘lsa, simning uchlarida tarmoq 
qismlariga biriktirish uchun tuzat ish ishlarini bajarish taqiqlanadi. 
Umumiy yoritish elektr lampalaridan qo‘lda ko‘tarib yuriladigan lampa 
sifatida foydalanish taqiqlanadi. Bu maqsad uchun zavodda tayyorlangan 
yoritgichlar ishlatiladi. Ularning tuzilishi odamlarni tok o‘tkazuvchi qismlarga 
tegib ketish xavfidan xoli qiladi. 
Ko‘chma yoritgichlarning kuchlanishi ko‘pi bilan 36 
V
, o‘ta xavfli joylarda 
(qarash chuqurlarida, metall rezervuarlarda) ko‘pi bilan 12 

bo‘lishi kerak. 
Dastakli ko‘chma yoritgich lampani muhofaza qiladigan metall to‘r va vilkali 
shlangli sim bilan ta’mirlanadi, bu vilka 36 

dan yuqori kuchlanishli tarmoqqa 
ulangan shtepsel rozetkasiga yoritgichni ulash imkonini bermaydi. 
Tarmoqqa ko‘chma tok qabul qilgichlarni ulash nazarda tutilgan joylarga 
tegishli yozuvlar osib qo‘yiladi. 
12 va 36 

kuchlanishda ishlatiladigan stepselli birikmalar (rozetka, vilka) 
127 va 220 

kuchlanishga mo‘ljallangan odatdagi shtepselli birikmalardan faqat 
tuzilishi jihatidan emas, balki rangi bilan ham farq
Elektr tarmoqlari va elektr uskunalaridan foydalanganda: 
– shikastlangan izolyatsiyali yoki boshqa nozosliklari bo‘lgan simlardan 
foydalanish; 
– elektr simlari va kabellarni kuchlanish ostida qoldirish; 
– kalibrlanmagan kavsharlangan qo‘shimchalar va qo‘lda yasalgan elektr 
saqlagichlardan foydalanish; 
– elektr simlarining metall qurilmalari bilan tutashtirish; 
– tarmoqqa ulangan elektr asbob-uskunalarning qarovsiz qolishi; 
– isitish va quritish uchun qo‘lda yasalgan elektr isitish asboblaridan 
foydalanish taqiqlanadi. 
Suyuqlanuvchi saqlagichlarni (naysimon yoki tiqinsimon) tok olingandan 
keyin almashtirish kerak. Agar tokni uzib qo‘yishning iloji bo‘lmasa, u holda ish 
yuklamasini uzib qo‘yish zarur. Tok ulangan naychasimon saqlagichlar maxsus 
asbobdan foydalanib almashtiriladi. Bunda himoya ko‘zoynagi taqib, tok 
o‘tkazmaydigan qo‘lqop kiyib, izolyatsion taglik ustida (yoki tok o‘tkazmaydigan 
kalish kiyib) ishlanadi. Plastinali saqlagichlarning suyuqlanuvchan qo‘shimchalari 
(vstavkalari) tok o‘chirilgandan keyingina almashtiriladi. 
Tok o‘tadigan qismlarda (yoki ularning yaqinida) bajariladigan barcha montaj 
va ta’mirlash ishlari, shuningdek, 36 

dan yuqori kuchlanishli ishlayotgan elektr 
qurilmalariga simlarni ulash yoki uzish ishlari faqat tok o‘chirilgandan keyin va 


xavfsizlik texnikasidan qo‘shimcha talablarga rioya qilingan holda olib borilishi 
mumkin. 
Tok borligida montaj, ta’mirlash va nosozlikni tuzatish ishlarini bajarish, 
shuningdek, ishchining elektr uzatish havo liniyalari ustunlariga chiqib simlarni 
ulashi taqiqilanadi. 
Tok bor yoki yo‘qligi maxsus asboblar bilan tekshirib ko‘riladi. Bu maqsad 
uchun past kuchlanishli tarmoqlarda izolyatsiyalangan g‘ilofli tekshirish 
lampasidan foydalaniladi. Simlarning g‘ilofdan ko‘pi bilan 50 
sm 
uzunlikda 
chiqarilgan uchlari izolyatsiyalangan bo‘lmog‘i va uchlarida qattiq elektrodli 
(o‘tkazgichli) izolyatsiyalangan dastasi bo‘lishi kerak.
Foydalanayotgan barcha elektr jihoz, uskunalarni, hatto ular ma’lum vaqtga 
tarmoqdan uzib qo‘yilgan bo‘lsa ham, tok bor kabi juda ehtiyot bo‘lib ishlatish 
kerak, chunki ularga istalgan vaqtda tok kelib qolishi mumkin. 
36 

kuchlanishli yoritish elektr chiroqlari poldan 2,5 

dan kam bo‘lgan 
balandlikka osiladi. Ish o‘rnining ustida simlarning balandligi 2,5 

dan kam 
bo‘lmasligi kerak. 

Download 8,4 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish