Kengaytiruvchi
idish
suvni
qaynashi
natijasida
kengayishini
muvozanatlashtiradi hamda trubalarni ishdan chiqishdan saqlaydi. Bundan
tashqari, bu idish yordamida tizimga kirib qolgan havo chiqarilib yuboriladi.
Suvning bunday sirkulatsiyalanish shakli tabiiy yoki gravitatsion tizim deb
ataladi. Bunday tizim suv qaynatish qozonlaridan eng uzoq joylashgan isitish
jihozlarigacha bo‘lgan masofa 50 metrdan ortiq bo‘lmagan hamda qozon bilan eng
pastda joylashgan isitish jihozi orasidagi vertical masofa 3 m.dan kam bo‘lmagan
hollarda ishlatiladi. Chunki shunday bo‘lgan taqdirdagina tabiiy suv aylanish
jarayoni amalga oshadi.
Nazorat savollari:
1. Sun’iу havo almashinish tizimlari haqida tushuncha bering?
2. Havoni konditsionerlash daganda nimani tushunasiz?
3. Havoni tozalash tizimlarini o‘rnatish va sozlash qanday amalga oshiriladi?