13-Mavzu: Elektr tokining inson organizmiga ta’siri.
Reja:
1.
Elektr tokining inson tanasiga ta’siri.
2. Elektr vosita va qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish
3. Elektr tokidan shikastlanish.
4.
Mexanik shikastlanishlar.
Umumiy ma’lumotlar. Elektr tokining inson tanasiga ta’siri.
Elektr xavfsizligi deb insonlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit
maydoni va statik elektr tokining xavfli va zararli ta’siridan himoya qilishga
qaratilgan tashkiliy, texnik tadbir va vositalar tizimiga aytiladi.
Ishlab chiqarishning barcha tarmoqlaridagi rivojlanish
darajasini elektr
energiyasisiz tasavvur qilish qiyin. Lekin, elektr energiyasi inson mehnatini
yengillashtirib ish unumdorligini ortishiga olib kelish bilan bir qatorda, uning
hayoti uchun xavfli ham hisoblanadi. Ishlab chiqarishda uchraydigan boshqa xavf
manbalaridan elektr xavfi keskin farq qiladi. Chunki, ularni faqatgina maxsus jihoz
va asbob-uskunalar bilangina aniqlash mumkin.
Elektr tokidan jarohatlanish, asosan, quyidagi holatlarda yuz berishi mumkin:
1. Elektr yoyi orqali tok ta’siri;
2. Jihozlar korpusining metall qismlarida bexosdan tok sodir bo‘lishi
natijasida;
3. Katta o‘lchamdagi mashinalarni elektr uzatmalari liniyalariga ruxsat etilgan
miqdordan kam masofada yaqinlashuvi oqibatida.
Yuqoridagi holatlarga bog‘liq holda elektr tokidan
jarohatlanish sabablarini
quyidagi ikki guruhga, ya’ni tashkiliy va texnik sabablarga ajratish mumkin:
Tashkiliy sabablarga: ishchilarni elektr xavfsizligi bo‘yicha o‘qitilmaganligi
va tegishli yo‘riqnomalardan o‘tkazilmaganligi; ishchilarni shaxsiy himoya
vositalari bilan ta’minlanmaganligi; elektr qurilmalarini muhandis-texnik xodimlar
tomonidan qoniqarsiz nazorat qilinishi; elektrik qurilmalarida profilaktik ta’mirlash
ishlarini sifatsiz olib borilishi; ish joylarida elektr qurilma va jihozlari bilan ishlash
qoida hamda ko‘rsatmalarining bo‘lmasligi kiradi.
Texnik sabablarga esa: tok o‘tkazuvchi qismlarda ishonchli to‘siqlarning
bo‘lmasligi; elektr qurilmalari, jihozlari va o‘tkazgichlarini noto‘g‘ri o‘rnatilishi
hamda elektr qurilmalarini o‘rnatishda binolarning elektr xavfsizligi bo‘yicha
kategoriyalarini hisobga olinmasligi; himoya va saqlash qurilmalarining
bo‘lmasligi yoki ularni noto‘g‘ri o‘rnatilishi.
Ishlab
chiqarishdagi
elektr qurilmalarida sodir bo‘ladigan baxtsiz
hodisalarning tahlili, asosan, ushbu baxtsiz hodisalar elektr qurilmalari bilan
ishlashga nomutaxassis ishchilarning qo‘yilishi, himoya vositalari bilan ta’minlash
va undan foydalanish masalalariga e’tiborsiz munosabatda bo‘lish oqibatida sodir
bo‘layotganligini ko‘rsatadi. Shu sababli, elektr qurilmalaridan foydalanishda
baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun «Elektr qurilmalarini o‘rnatish
qoidalari
(PUE)» talablariga to‘liq rioya etilishini talab qiladi.
Elektr vosita va qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatishda quyidagilarga amal
qiling:
1. Kuchlanishni o‘chiring;
2. Tizimda kuchlanish yo‘qligini tekshiring;
3. Qurilmani yerga ulash orqali himoyalang.
Elektr tokining inson tanasiga ta’siri bir necha omillarga, jumladan, tok kuchi,
inson tanasining elektr tokiga qarshiligi, kuchlanish miqdori, tok turi va chastotasi,
tokning ta’sir etish vaqti, tokning inson tanasi bo‘ylab o‘tish yo‘li hamda insonning
shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Elektr toki insonga uch xil, ya’ni kimyoviy, issiqlik va biologik ta’sir
ko‘rsatadi. Kimyoviy ta’sirda inson tanasidagi qon va boshqa organic suyuqliklar
buzilishi mumkin. Issiqlik ta’sirida esa tananing ayrim qismlarida kuyish hosil
bo‘ladi. Biologik ta’sirda tananing tirik hujayralarining qo‘zg‘alishi va uyg‘onishi
oqibatida muskullarni ixtiyorsiz ravishda tortishishi, qisqarishi yuzaga keladi.
Yuqoridagilarga mos holda, elektr tokining inson tanasiga ta’siri elektr zarba,
elektr kuyishi va elektr shikastlanishi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ushbu ta’sirlar ichida elektr zarba eng xavfli hisoblanadi va u elektr tokining
inson tanasidagi muhim a’zolari: yurak, o‘pka, asab
tizimi va boshqa shu kabi
a’zolari orqali o‘tishi natijasida yuzaga keladi.
Elektr kuyishlar esa quyidagi ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: bevosita yoki
kontaktli–bunday holat inson tanasining elektr qurilmalaridagi tok o‘tkazuvchi
qismlar bilan yaxshi kontaktda bo‘lmasligi natijasida yuz beradi; bilvosita–elektr
simlarining qisqa tutashuvi oqibatida erigan metall parchalarining sachrashi yoki
elektr yoylaridagi uchqunlar ta’sirida yuz beradi.
Elektr tokining inson tanasiga ta’sirini belgilovchi omillar orasida tok kuchi
miqdori asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
Tok kuchini, inson tanasiga ta’sir
darajasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:
1. Sezilarli tok (2
mA
gacha) .
2. Qo‘yib yubormaydigan tok (10...25
mA
.)
3. Fibrillyatsion tok (50
mA
dan yuqori).
Elektr tokidan shikastlanishda inson tanasining qarshiligi muhim ahamiyatga
ega. Inson tanasining elektr toki ta’siriga qarshiligi terining holatiga (quruq yoki
ho‘l, dag‘al yoki mayin, jarohatlangan yoki jarohatlanmagan), elektr simi bilan
bog‘lanish yuzasi va darajasiga,
tok kuchi va chastotasiga, tokning inson tanasi
orqali o‘tish yo‘li hamda ta’sir vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Inson tanasining elektr
tokiga qarshiligi 1000
Om
dan 100000
Om
gacha bo‘lishi mumkin. Odamning tok
ta’siriga qarshiligi 30
sek
dan keyin taxminan 25%, 90
sek
dan keyin esa 70 % ga
kamayadi.
Inson uchun 10
mA
gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok, 50
mA
gacha bo‘lgan
o‘zgarmas tok xavfsiz hisoblanadi, shuningdek, 0,05
A
tok kuchi xavfli va 0,1 A
tok kuchi halokatli hisoblanadi.
Elektr toki ta’sirining bu turlari shikastlanishning ikki turini keltirib chiqaradi:
elektr tokidan shikastlanish va elektr toki urishi.
Elektr tokidan shikastlanish bu, elektr toki yoyi ta’siri
etishi natijasida
organizmning ayrim joylaridagi to‘qimalarning yaqqol shikastlanishi. Elektr toki
shikastlanishning turlari bilan farqlanadi: elektr tokidan kuyish, elektr izlari,
terining metallanishi va mexanik shikastlanishlar.