• Terining metallanishi
  • Mexanik shikastlanishlar
  • 14-Mavzu: Elektr toki urganda birinchi yordam ko‘rsatish. Reja: 1.
  • Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    Elektr izlari 
    – tok ta’sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko‘rinib turadigan 
    kulrang yoki och-sariq rangdagi dog‘, tirnalish, kichik jarohat, kesik yoki latlar 
    ko‘rinishida bo‘ladi. Terining shikastlangan qismi qadoq singari qattiqlashib 
    qoladi. 
    Terining metallanishi 
    elektr yoyi ta’sirida erigan metall mayda 
    zarrachalarining terining ustki qatlamiga kirib qolishidir. Bu hodisa, masalan, qisqa 
    tovushlarda, kuchlanish ostida bo‘lgan ajratgich va rubiliniklarni tarmoqdan 
    uzatayotganda ro‘y beradi. 
    Mexanik 
    shikastlanishlar 
    odam 
    orqali 
    o‘tayotgan tok ta’sirida 
    mushaklarning ixtiyorsiz ravishda keskin tortishib qolishi oqibatida yuz beradi. 
    Natijada teri, qon tomirlari va asab to‘qimalari uzilishi, shuningdek bo‘yinlar 
    chiqishi va hatto suyaklar sinishi mumkin. 
     
     
     
    Nazorat savollari: 
     
    1.Elektr tokining inson tanasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
    2. Elektr vosita va qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish qanday tartibda amalga 
    oshiriladi? 
    3. Elektr tokidan shikastlanish qanday turlarga bo‘linadi? 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    14-Mavzu: Elektr toki urganda birinchi yordam ko‘rsatish. 
     
    Reja: 
    1.
     
    Elektr toki urishi. 
    2. Elektr tarmoqlari va elektr uskunalaridan foydalanish. 
    3. Korxona va tashkilotlarninig elektrdan zararlanish xavfliligi bo‘yicha 
    tasniflanishi. 
    4. Ishlab chiqarish binolarining elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlarga 
    ajratilishi. 
    Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. 
    Insonlarni kuchlanish ostidagi mashina, mexanizm va qurilmalarning tok 
    o‘tkazuvchi qismlariga tegishi muskulni ixtiyorsiz ravishda qisqarishiga olib keladi 
    va bu holatdan jarohatlangan shaxsning o‘zi chiqa olmaydi. 
    Bunday holatda birinchi navbatda elektr tokini ajratish talab etiladi. Agar 
    elektr shkaflari uzoqda joylashgan bo‘lsa, elektr simini quruq yog‘och dastali bolta 
    yoki boshqa jihoz bilan qirqish kerak. Elektr toki ajratilgach, jarohatlangan shaxsni 
    qulay va yumshoq o‘rindiqqa yotqizish va puls urishi, nafas olishi, ko‘z qorachig‘i 
    holatini tekshirish hamda bir vaqtda shifokorga xabar berish zarur. Jarohatlangan 
    kishi hushsiz yoki hushida bo‘lishi, lekin puls urishi va nafas olishi mavjud 
    bo‘lishi mumkin. Agar puls urishi va nafas olishi mavjud bo‘lib, u xushida 
    bo‘lmasa kiyimlarini yechish, toza havo kirishini ta’minlash, yuziga suv purkash 
    va tanasini isitish kerak. 
    Jarohatlangan shaxs xushsiz bo‘lib, puls urishi va nafas olishi sezilmasa, unga 
    sun’iy nafas berish va yuragini massaj qilish kerak. 
    Sun’iy nafas «og‘izdan-og‘izga» yoki «og‘izdan-burunga» berilishi mumkin. 
    Bu usullar boshqa usullarga nisbatan samarali usul hisoblanadi. 
    Unda jarohatlangan shaxsning o‘pkasiga boshqa usullarga nisbatan 4 barobar 
    ko‘p havo yuboriladi. 
    Sun’iy nafas berishdan oldin jarohatlangan shaxs yelka tomoni bilan 
    yotqizilishi, undagi siqib turgan kiyimlar, galstuk, sharf va shu kabilar yechilishi, 
    og‘iz ko‘piklardan tozalanishi kerak. Agar og‘iz qattiq yopiq bo‘lsa, ikkala 
    qo‘lning to‘rt barmog‘ini jarohatlangan shaxsning boshi orqasiga qo‘yib, ikkala 
    bosh barmoq bilan og‘zini ochish kerak. Keyin chuqur nafas olib, og‘izni og‘izga 
    qo‘yib, jarohatlangan shaxsning burnini qisib, kuchli havo puflash kerak. Sun’iy 
    nafas berish chastotasi minutiga 10–12 marta bo‘lishi kerak. 
    Agar jarohatlangan shaxsning ko‘z qorachig‘i kengaygan va puls urishi 
    sezilmasa, uning qon aylanishini tiklash maqsadida sun’iy nafas berish bilan 
    birgalikda yurakni massaj qilish kerak. Massaj qilishda o‘ng qo‘lning kafti 
    jarohatlangan shaxsning ko‘kragiga qo‘yiladi va tez-tez (minutiga 60 marta) 
    bosiladi. Tananing quyi qismlari joylashgan vena qon tomirlaridagi qonni yurakka 
    kelishini tezlatish maqsadida oyoqni 0,5 

    gacha yuqoriga ko‘tarib qo‘yish 
    mumkin. Agar bu yordamlarni bir kishi bajarayotgan bo‘lsa, 2-3 marta sun’iy nafas 
    bergach, 10-12 marta yurakni tashqi massaj qilish tavsiya etiladi. Jarohatlangan 
    shaxsning o‘ziga kelganini nafas olishini tiklanishi, rangining qizarishi, ko‘z 


    qorachig‘ining qisqarishi kabi belgilardan bilib olish mumkin. Buni tekshirish 
    uchun massajni 2-3 sekund to‘xtatib turish mumkin. 
    Agar jarohatlangan shaxsda o‘ziga kelish holatlari kuzatilmasa, sun’iy nafas 
    berish va yurak massajini shifokor kelgunga qadar davom ettirish kerak.

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish