Atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

 
Atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish

Elektr tokidan saqlanish va shaxsiy himoya vositalari. 
Elektr tokidan himoya qilish vositalari asosiy va qo‘shimcha vositalarga 
bo‘linadi. Asosiy vositalarga 1000 

dan ortiq kuchlanishli elektr moslamalariga 
xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan izolyatsiyali shtanga, tok o‘lchovchi klesha, 
kuchlanishni ko‘rsatuvchi asbob, himoyalovchi qurilma va turli ko‘rinishdagi jihoz 
hamda moslamalar kiradi. Kuchlanishi 1000 

gacha bo‘lgan elektr moslamalariga 
xizmat ko‘rsatayotganda esa izolyatsiya qilingan dastlabki asboblar: buragich, 
ombir va tishlagich, dielektrik qo‘lqop hamda izolyatsiyalangan kleshalardan 
foydalaniladi. 
Qo‘shimcha vositalarga kuchlanish 1000 

dan ortiq bo‘lganda ishlatiladigan 
dielektrik etik, kalish, to‘shama va izolyatsiyalangan tagliklar kiradi. 
Tarmoq yoki elektr moslamalaridagi kuchlanishni tekshirib ko‘rishda tokning 
faol ta’sirida ishlovchi kuchlanish signali va kuchlanishni ko‘rsatuvchi maxsus 
asboblardan foydalaniladi. 
500 

gacha bo‘lgan elektr moslamalaridagi kuchlanishni tekshirib ko‘rishda 
TI-2, MIN-1, UIN-10, IN-92 rusumli asboblar ishlatiladi. 
Kuchlanishi 1000 

dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarini tekshirishda neon 
chiroqli 
indikatorlardan 
foydalaniladi. 
10 
kV 
gacha 
bo‘lgan 
elektr 
o‘tkazgichlardagi kuchlanishni tekshirishda tok o‘lchovchi kleshalar ishlatiladi. 
Bulardan tashqari, elektr tokidan himoya qilish vositalariga montyor belbog‘, 
bog‘ichli montyor kavush, muhofaza arqon, teleskopli minora va narvonlar ham 
kiradi. Montyor belbog‘lari 225 
kg
, kavushlar esa 135 
kg 
yuk bilan 5 daqiqa 
davomida sinab ko‘riladi va keyingina ulardan foydalanishga ruxsat etiladi. 
Elektr xavfsizligini ta’minlashda ko‘rgazmali belgilar ham muhim 
ahamiyatga ega. Ular, asosan, to‘rt guruhga bo‘linadi, ya’ni ogohlantiruvchi, ruxsat 
beruvchi, taqiqlovchi va eslatuvchi belgilar. 
Taqiqlovchi plakatlar 
ish bajarilayotgan joylarga tok berishi mumkin bo‘lgan 
kommutatsiya apparatlaridan foydalanishni taqiqlash uchun mo‘ljallangan. 
Ogohlantiruvchi plakatlar 
taqsimlash qurilmalari, transformator xonalari va 
taqsimlash xonalari eshiklarining tashqi tomoniga, shuningdek, bu xonalarning 
ichiga mahkamlab qo‘yiladi. 
Ruxsat beruvchi plakatlar 
borishga ruxsat etilgan elektr qurilmalar joyini 
ishchilarga ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 
Eslatuvchi plakatlar 
kommutatsiya apparatlari yuritmalarining dastalariga, 
muvaqqat yerga ulash uskunalariga yerga ulangan tok o‘tkazuvchi qismlarga tok 
berilishining oldini olish maqsadida osib qo‘yiladi. 



Download 8,4 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish

Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish