Elektr qurilmalarini yerga ulash va nollashtirish. Elektr tokidan himoya qilishning ishonchli va keng tarqalgan vositalaridan
biri elektr qurilmalarini yerga ulash va nollashtirish hisoblanadi.
Elektr qurilmalarini yerga ulashda qurilmaning elektr toki ta’sirida bo‘lmagan
metall qismi, masalan, korpusi, yerga ko‘milgan elektrodlarga ulanadi.
Shu sababli, yerga ulash tizimi elektrodlar va elektr qurilma bilan elektrodni
birlashtiruvchi o‘tkazgichlardan iborat bo‘ladi.
Yerga ulash elektrodlari sun’iy (aynan shu maqsadda maxsus yerga ko‘milgan
po‘lat truba yoki boshqa turdagi metall buyumlar) va tabiiy (boshqa maqsadlarda
yerga o‘rnatilgan metall buyumlar) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Tabiiy elektrodlarga suv quvurlari, bino va inshootlarning temir-beton
konstruksiyalarini yerga ko‘milgan detallari misol bo‘la oladi.
Gaz va neft quvurlaridan yerga ulash elektrodi sifatida foydalanish
taqiqlanadi.
Sun’iy elektrodlar sifatida po‘lat truba, burchaksimon po‘lat, armature va
temir polosalardan foydalanish mumkin. Bunday elektrodlarning uzunligi 2-3
m ,
qalinligi 3,5
mm dan kam bo‘lmasligi zarur.
Elektrodlarni bir-biriga ulashda ko‘ndalang kesimining o‘lchami 4x12
mm bo‘lgan simlar yoki diametri 6
mm dan kam bo‘lmagan po‘lat simlardan
foydalaniladi.
Elektr uskuna va jihozlari quyidagi hollarda yerga ulanadi:
1. 380
V va undan yuqori kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok va 440
V va undan
yuqori kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi barcha uskuna va jihozlar;
2. 42 V dan 380 V gacha kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok va 110
V dan 440
V gacha kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi elektr jihozlari;
3. 42
V va undan kichik kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok va 110
V va undan
kichik kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi portlashga moyil elektr
jihozlari hamda payvandlash transformatorlarining ikkilamchi o‘ramlari.
Bundan kam kuchlanishdagi elektr jihozlarini yerga ulash shart emas.
Standart talablari bo‘yicha quvvati 100
kVt gacha bo‘lgan elektr
qurilmalarining yerga ulash qarshiligi 10
Om gacha, quvvati 100
kVt dan ortiq
bo‘lgan elektr qurilmalari uchun esa 4
Om gacha bo‘lishi talab etiladi.
Elektr qurilmalari yerga ulash tizimlarining ish holatini tekshirishda elektrod
va o‘tkazgichlarning holati ko‘zdan kechirilib, qarshiligi o‘lchanadi.
Tashqi tekshirish har olti oyda bir marta, yuqori va o‘ta xavfli elektr
uskunalarida esa har uch oyda bir marta o‘tkazilishi zarur. Elektrod va
o‘tkazgichlarning qarshiligi esa har yili kamida bir marta tekshirishi kerak.
Yerga ulash qurilmalarining qarshiligini o‘lchashda ampermetr va voltmeter
yoki M-416, M-1103 rusumli megometrlardan foydalanish mumkin.
Elektr qurilmalarini nollashtirishda ushbu qurilmaning elektr toki ta’sirida
bo‘lmagan metall qismi nol faza bilan birlashtiriladi. Bundan tashqari, elektr
xavfsizligini orttirish maqsadida himoya ajratgichlaridan ham keng foydalaniladi.
Himoya ajratgichlar vazifasining mohiyati elektr toki urish xavfi sodir
bo‘lganda elektr zanjirini zudlik bilan avtomatik tarzda uzishdan iborat.
Himoya ajratgichlarining ishga tushish vaqti 0,2 sekunddan ortmasligi zarur.