12-Mavzu: Havoni tozalash tizimlarini o‘rnatish va sozlash.
Reja:
1.
Sun’iу havo almashinish tizimlari.
2. Havoni konditsionerlash.
3. Havoni tozalash tizimlarini o‘rnatish va sozlash.
4. Mahalliy va markaziy isitish tizitmlari.
Sun’iу havo almashinish tizimlari.
Sun'iy, уa’ni mexanik shamollatish tizimlarida havo almashinishi
shamollatkichlar yoki ejektorlar yordamida amalga oshiriladi. Sun’iy havo
almashinish qurilmalarining afzalliklari shundaki,
ular yordamida xonaning
istalgan joyidan iflos havoni haydab chiqarish yoki xonaga toza havo yuborish
hamda bu qurilmalarga havoni isitish, namlash va tozalash moslamalarini o‘rnatish
mumkin. Bunday shamollatish qurilmalari shamollat-kichdan,
havoni yuborish
yoki haydab chiqarish qurilmasidan, havo kanallaridan va filtrdan tashkil topgan
bo‘ladi. Shamollatkichlar markazdan qochma va o‘qli bo‘ladi. Markazdan qochma
ventelatorlar hosil qilgan bosimlariga ko‘га 3 turga bo‘linadi:
– past bosimli – 1000
N/m2
gacha;
– o‘rta bosimli – 1000...3000
N/m2;
– yuqori bosimli – 3000... 15 000
N/m2.
Shamollatkichlarning
markasida
ko‘rsatilgan
raqam,
ventelator
ish
g‘ildiragining
diametrini bildiradi, masalan, №5 shamollatkichining 5 soni
shamollatkich ish g‘ildiragining diametri Di.g.=500 mm ekanligini ko‘rsatadi.
O‘qli shamollatkichlar past bosimli havo almashinish talab etiladigan ishlab
chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Ular 250-300 N/m~ atrofida bosim hosil qiladi.
Sun’iy shamollatish tizimlarining havo quvurlari рo‘latdan tayyorlanadi.
Agressiv kimyoviy moddalar bilan ifloslangan havo harakatlanuvchi quvurlar esa
zanglamaydigan рo‘latdan, vinip-lastdan yoki keramikadan tayyorlanishi mumkin.
Havo quvurlari tizimiga xonaga kiritiladigan
havoning miqdorini rostlash, havoni
tozalash, isitish, sovutish va namlash moslamalari o‘rnatiladi. Havoni isitishda
kaloriferlardan foydalaniladi. Ular tuzilishi va ishlash
tamoyillari jihatidan
avtomobillarning radiatoriga o‘xshash bo‘ladi.
Havoni sovutish moslamalari esa 2 xil: sirt bo‘yicha sovutish va kontaktli
sovutish qurilmalariga bo‘linadi. Sirt bo‘yicha sovutish qurilmalari kalorifer
shaklida bo‘lib,
sovutuvchi sifatida sovuq suv, ammiak yoki freondan
foydalaniladi. Kontaktli sovutish qurilmalarida havo suv kamerasida yuzaga
keluvchi yomg‘irli muhit orqali o‘tib soviydi.
Havoni tozalashda
esa turli xil materialli, moyli, elektrik va ultratovushli
filtrlardan foydalaniladi.