• Markaziy isitish
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    Mahalliy isitish 
    – elektrik, gazli yoki boshqa turdagi issiqlik manbaidan 
    (ko‘mir, o‘tin va b.) foydalanuvchi isitish jihozlari yordamida amalga oshiriladi va 
    ular asosan asosiy ishlab chiqarish binolaridan uzoqda joylashgan binolarda hamda 
    mashina va traktorlarning kabinalarida ishlatiladi. 
    Markaziy isitish 
    suv, bug‘, suv-bug‘ va havo bilan ishlovchi qurilmalarga 
    bo‘linadi. 
    Suv bilan isitish qurilmalari foydalanish jihatidan eng qulay va oddiy 
    hisoblanadi. Markaziy suv bilan isitish tizimlarida issiqlik tashuvchi sifatida 
    qaynoq suvdan foydalaniladi. Isitish jihozlari sifatida esa silliq 
    va 
    qovurg‘asimon 
    quvurlar hamda radiatorlar ishlatiladi. 


    Suv bilan isitish tizimlari past yoki yuqori bosimli bo‘lishi mumkin. Past 
    bosimli suv bilan isitish tizimlarida suvning harorati isitish jihozlariga kirish 
    vaqtida 85–95oС, ulardan qaytib chiqishda esa 65–70oС atrofida bo‘ladi. 
    Quyidagi 3.1-chizmada past bosimli suv bilan isitish tizimining shakli 
    keltirilgan. Ushbu shakldan ma’lumki, qaynoq suv bug‘ qozonidan ochiq 
    kengaytiruvchi idishga kelib tushadi va u isitish jihozlaridan yuqorida o‘rnatilgan 
    bo‘ladi. Keyin esa, suv o‘z oqimi bilan isitish jihozlariga, isitish jihozlaridan esa 
    qaytib yana qozonga tushadi. 
    Kengaytiruvchi 
    idish 
    suvni 
    qaynashi 
    natijasida 
    kengayishini 
    muvozanatlashtiradi hamda trubalarni ishdan chiqishdan saqlaydi. Bundan 
    tashqari, bu idish yordamida tizimga kirib qolgan havo chiqarilib yuboriladi. 
    Suvning bunday sirkulatsiyalanish shakli tabiiy yoki gravitatsion tizim deb 
    ataladi. Bunday tizim suv qaynatish qozonlaridan eng uzoq joylashgan isitish 
    jihozlarigacha bo‘lgan masofa 50 metrdan ortiq bo‘lmagan hamda qozon bilan eng 
    pastda joylashgan isitish jihozi orasidagi vertical masofa 3 m.dan kam bo‘lmagan 
    hollarda ishlatiladi. Chunki shunday bo‘lgan taqdirdagina tabiiy suv aylanish 
    jarayoni amalga oshadi. 
    Nazorat savollari: 
    1. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish qanday amalga oshiriladi? 
    2. Sun’iу havo almashinish tizimlari nimalardan tashkil topgan? 
    3. Isitish tizimlarining turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar nimalatdan iborat? 

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish