• Radioaktiv nurlarning asosiy manbalari
  • 11-Mavzu: Ishlab chiqarish muhitining shamollatish tizimlari. Reja
  • Zararli nurlanishlardan himoyalanish




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    Zararli nurlanishlardan himoyalanish. 
    Elektromagnit to‘lqinlarning 
    ta’sirini oldini olish maqsadida sanitary qoidalar asosida nurlanishning ruxsat 
    etilgan miqdorlari aniqlangan. VCH, UVCH va SVCH qurilmalaridan nurlanuvchi 
    elektromagnit tebranishlar intensivligi (elektr maydonining kuchlanishi) 
    -V/т.да, 
    magnit maydonining kuchlanishi – 
    А//т.da 
    yoki mkVt/sm2 da o‘lchanadi. 
    Radioaktiv nurlarning asosiy manbalari 
    Elektr maydonining kuchlanishini 
    nazorat qilish PZ-1 asbobi yor-damida amalga oshiriladi. Elektr maydonlaridan 
    himoya qilish uchun turli xil ekranlashtiruvchi qurilmalar va maxsus kiyimlar 
    ishlatiladi. Bunday qurilmalar albatta, yerga ulangan bo‘lishi va ularning yerga 
    ulash qarshiligi 100 
    От.dan 
    katta bo‘lmasligi talab etiladi. 
    Yuqori chastotali (UVCH) qurilmalarda ishlovchilar har yili bir marta, o‘tа 
    yuqori chastotali (SVCH) qurilmalarda ishlovchilar har 6 oyda bir marta majburiy 
    tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari SVCH qurilmalarida ishlovchilarga 
    bir yilda ikki oy dam beriladi. 
    Nazorat savollari: 
    1. Yoritilganlik haqida qanday umumiy ma’lumotlarni bilasiz? 
    2. Таbiiу yoritish degani nima? 
    3. Sun’iу yoritish qanday amalga oshiriladi? 


    11-Mavzu: Ishlab chiqarish muhitining shamollatish tizimlari. 
     
    Reja: 
    1. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish 
    2. Sun’iу havo almashinish tizimlari. 
    3. Isitish tizimlarining turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar. 
    4.
     
    Mahalliy va markaziy isitish tizitmlari. 
     
    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish.. 
    Shamollatish qurilmalari ishlab chiqarish binolarida yuzaga keladigan 
    ortiqcha issiqlik, namlik, chang, gazlar va bug‘larni haydab chiqarish hamda xona 
    mikroiqlim holatini davlat standartlari talablari asosida me’yorlashtirish uchun 
    xizmat qiladi. 
    Havo almashinish usuliga ko‘rа 
    shamollatish qurilmalari 
    umumiy 
    almashinuvchi 
    va mahalliy 
    turlarga bo‘linadi. 
    Umumiy havo almashinish tizimida xona ichidagi iflos havo xonaning butun 
    hajmi bo‘yicha bir vaqtda toza havo bilan almashtiriladi. Mahalliy havo 
    almashinish tizimlarida esa iflos havo bevosita ushbu iflos havo (chang, gaz, bug‘ 
    va b.) hosil bo‘ladigan joydan, уa’ni ish joyidan haydab chiqariladi. 
    Shamollatish qurilmalari ishlash usuliga 
    ko‘га 
    so‘ruvchi, haydovchi va 
    so‘ruvchi-haydovchi 
    turlarga bo‘linadi. 
    So‘ruvchi shamollatish qurilmalari iflos havoni faol haydab chiqarish talab 
    etiladigan ishlab chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Haydovchi shamollatish 
    qurilmalari esa so‘ruvchi qurilmalar mumkin bo‘lmagan xonalarda qo‘llaniladi. 
    So‘ruvchi-haydovchi shamollatish qurilmalari esa intensiv havo almashinish talab 
    etiladigan xonalarda ishlatiladi. 

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish