Yoritiluvchi yuzaning yorug‘lik
oqimini qaytarish, yutish va o‘tkazish
xususiyatlari yorug‘likni qaytarish dyo yutish βyo va o‘tkazish λyo
koeffitsiyentlari orqali bаholanadi. Ushbu koeffitsiyentlar quyidagicha aniqlanadi:
αyo=Фα/Ф
βyo=Фβ/Ф
γyo=Фγ/Ф
bu yerda, Ф – yoritiladigan yuzaga tushadigan yorug‘lik oqimi;
Фα, Фβ, Фγ – mos holda,
yoritiladigan yuzadan qaytgan, yutilgan va
o‘tkazilgan yorug‘lik oqimi, Lm.
Ravshanlilik, kontrast va fon.
Yoritiladigan yuzaning
asosiy tavsiflaridan
biri yorug‘likni qaytarish xususiyati hisoblanadi
va
bu
yuzaning ravshanligi
(«yarkost»)ga bog‘liq bo‘ladi. Ravshanlilik-ning o‘lchov birligi qilib Nit (Nt)
qabul qilingan. Вuyum sirti (yuzasi)dagi ravshanlilik bilan umumiy atrof foni
(rangi) orasidagi keskin farq kontrast deb ataladi. Fon deb farqlanadigan оbyektga
taalluqli
yuzaning rangiga, уa’ni ushbu оbyekt (buyum) joylashgan yuzaning
rangiga aytiladi. Fon yorug‘lik oqimini qaytarish xususiyati bilan tavsiflanadi va
а,
>0,4 bo‘lganda yorug‘, ac=0,2...0,4 bo‘lganda o‘rta, аc<0,2 bo‘lganda qora
hisoblanadi.
Fonga bog‘liq holda kontrast Ко> 0,5 bo‘lsa yuqori, Ко=0,2...0,5 bo‘lsa
o‘rtacha, Ко<0,2 bo‘lsa kichik hisoblanadi.