• Nazorat savollari: 1. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi tushunchasini yoritib bering.
  • 8-Mavzu: Shovqindan saqlanish choralari. Reja
  • Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini 
    belgilovchi ko‘rsatkichlarning me’yoriy miqdorlari 
    T/r
    Yilning 
    fasli 
    Ishning 
    kategoriyasi 
    Harorat 
    oC 
    Nisbiy 
    namlik 

    Havoning 
    harakatlanish 
    tezligi, m/s 
    1. 

    Yilning 
    sovuq va 
    o‘tish 
    davri 
    Yilning 
    issiq 
    yengil-I 
    o‘tacha og‘ir-
    IIa 
    o‘tacha og‘ir-
    IIb 
    og‘ir-III 
    20-23 
    18-20 
    17-19 
    16-18 
    22-25 
    21-23 
    60-40 
    60-40 
    0,2 
    0,2 
    0,3 
    0,3 
    0,2 
    0,3 


    davri 
    yengil-I 
    o‘tacha og‘ir-
    IIa 
    o‘tacha g‘ir-IIb 
    og‘ir-III 
    20-12 
    18-21 
    0,4 
    0,5 
    Mikroiqlim ko‘rsatkichlarining haqiqiy miqdorlari aniqlangach, bu miqdorlar 
    optimal ruxsat etilgan miqdorlar bilan taqqoslanadi hamda mikroiqlim holatni 
    me’yorlashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladi va bu borada isitish 
    va shamollatish qurilmalaridan keng foydalaniladi. 
    Nazorat savollari: 
    1.
     
    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi tushunchasini 
    yoritib bering.
     
    2. Хоna mikroiqlim parametrlarini o‘lchash qanday amalga oshiriladi?
    3.
     
    Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini belgilovchi 
    qanday ko‘rsatkichlar mavjud?
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    8-Mavzu: Shovqindan saqlanish choralari. 
     
    Reja:
    1. Shovqinning insonga ta’siri va uni me’yorlashtirish.
    2. Shovqin manbalari va texnik jihozlarning shovqin xususiyatlari.
    3. Shovqindan himoya choralari. 
    4.
     
    Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari. 
    Shovqinning inson organizmiga ta’siri. 
    Insonning mavjud beshta sezgi organi ichida eshitish a’zosi o‘ziga xos 
    ahamiyat kasb etadi. Aynan eshitish orqali inson boshqa odamlar bilan muloqot 
    qiladi, xavf-xatarni anglaydi va o‘z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o‘zining 
    eshitish sezgilari orqali toza tovushlarni, aralash tovushlarni va
     
    shovqinni 
    farqlaydi. Toza tovush bir xil chastotadagi sinusoidal tebranishlardan iboratdir. 
    Bir sekunddagi tebranishlar soni tovush chastotasi deb ataladi. Chastota fizik 
    olim Genrix Gers (1857–1894-у.у.) sharafiga «gers» (Gs) orqali o‘lchanadi. Bir 
    gers (1Gs) – bir sekundda bir tebranish demakdir. 
    Aralash tovush bir necha toza tovushning yig‘indisidan iborat. Shovqin esa 
    har xil chastota va tebranishdagi tovushlar aralashmasidir. 
    1660-yili Robert Boyl (1627–1661-у.у.) tovush tarqalishi uchun gazsimon 
    suyuqlik yoki qattiq jism holatidagi muhit zarurligini isbotlaydi. Tovush 
    tarqalishiga sabab bo‘ladigan muhitga bog‘liq holda shovqinlar mexanik va 
    aerogidrodinamik ko‘rinishda bo‘ladi. 
    Tovush intensivligining o‘lchov birligi etib «Bel» qabul qilingan. U telefon 
    yaratilishining asoschisi Aleksandr Greyama Bel (1847–1922-у.у.) sharafiga 
    atalgan. Insonning qulog‘i bir xil bosimdagi, turli xil chastota va qattiqlikdagi 
    tovushlarni eshita oladi. Tovush balandligi («gromkost») - «fon» bilan o‘lchanadi. 
    Bir fon – 1000 Gs chastotadagi va 1dB intensivlikdagi tovush balandligiga tengdir. 
    Inson qulog‘i 16 
    Gs 
    dan 20000 
    Gs 
    gacha bo‘lgan tovush chastotalarini 
    eshitish qobiliyatiga ega. Inson 800...4000 
    Gs 
    chas-totali tovushlarni yaxshi 
    eshitadi, 16...100 
    Gs 
    chastotali tovushlarni sezilarli darajada eshitadi. 
    1861-yili anatomik olim Alfonso Korti (1822–1876-у.у.) insonning eshitish 
    a’zosi – quloqni tekshirib, uning ishlash tartibini o‘rganib chiqqan. 
    Odatda, biz quloq deganda, tashqi ko‘rinishdagi quloq chanog‘ini (suprasini) 
    tushunamiz. Ushbu quloq suprasidan bosh suyak tomon ichki eshituv уo‘li o‘tgan 
    bo‘lib, u balog‘atga yetgan odamlarda 2 sm. gacha bo‘ladi. Undan keyin xususiy 
    eshituv a’zosi, o‘rtacha quloq, уa’ni bагаbаn bo‘shlig‘i boshlanadi. 
    U tashqi eshituv уo‘lidan baraban pardasi bilan chegaralangan. Baraban 
    bo‘shlig‘ida uchta mayda suyakcha bolg‘acha, уa’ni ichki tog‘ау va eshituv 
    suyakchalari joylashgan. Har bir tovush to‘lqinida bolg‘acha-suyakchalar tog‘ayga, 
    tog‘ау esa o‘z navbatida eshituv suyakchalariga ta’sir etadi. Ushbu suyakchalar 
    baraban pardasi tebranish amplitudasini 2–3 martagacha kuchaytiradi. O‘rta 
    quloqdan keyin esa spiralsimon naycha joylashgan bo‘lib, u o‘ziga xos suyuqlik 


    bilan to‘latilgan bo‘ladi. Spiralsimon naychada membrana yashiringan bo‘lib, u 16 
    mingga yaqin sezuvchi tolasimon hujayralardan tashkil topgandir. Bu Alfonso 
    Korti sharafiga «Kort a’zosi» deb nomlanadi. 
    Tovush to‘lqini baraban pardasidan suyakchalar orqali spiralsimon naychaga 
    uzatiladi va bu vaqtda membranada titrash tarqaladi. Titrash «Kort a’zosi»dagi 
    tolasimon 
    hujayralarni 
    harakatga 
    keltiradi, 
    hujayralar 
    egilib, 
    buralib 
    deformatsiyalanadi 
    va 
    unda elektrik signallar hosil bo‘ladi. 
    Bu elektrik signallar eshitish nervlarini qo‘zg‘atadi. Bu shartli belgili 
    («kodirovanne») elektrik impulslar miyaga uzatiladi va u miyada qayta ishlanib 
    anglanadi. Ana shunday mexanik tebranishlarni elektrik impulslarga aylantirib 
    berish qobiliyatiga ega bo‘lgan inson qulog‘i 0 dan 130 dB gacha bo‘lgan tovush 
    intensivligini eshita oladi. Lekin, insonga turli xil chastotadagi tovushlar turlicha 
    ta’sir etadi. 
    Shovqinning insonga ta’sirini fiziologik baholash maqsadida, u past chastotali 
    (300 Gs gacha), o‘rta chastotali (300...800 Gs) va yuqori chastotali (800 Gs dan 
    yuqori) shovqinlarga ajratiladi. 
    Inson xoh kunduzi, xoh tunda, ish vaqtida ham, dam olish vaqtida ham, 
    uyquda ham ma’lum darajadagi shovqin ta’sirida bo‘ladi. Masalan, barglarning 
    shitirlashi 10–40 dB, soatning chiqillashi quloqdan 1m uzoqlikda 25–35 dB, 
    uxlayotgan odamning nafas olishi 25 dB atrofida, oddiy so‘zlashuv vaqtida -50–60 
    dB, qattiq baqirib so‘zlashganda –75 dB, 100 km/soat tezlikda harakatlanayotgan 
    yengil avtomobil – 110 dB, 
    50

    100m 
    balandlikda uchayotgan reaktiv samolyot - 
    120–130 
    дВ 
    tovush intensivligidagi shovqin hosil qiladi. 
    Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta’sirida bo‘lishi uning 
    sog‘lig‘iga ta’sir etadi, u tez charchaydi, psixologik reaksiya tezligi kamayadi, 
    xotirasi susayadi. 
    Shuningdek, shovqin insonning diqqatini bir joyga jamlashiga xalaqit qiladi, 
    harakatning aniqligini va muvozanatini buzadi, tovush va yorug‘lik signallarini 
    qabul qilish qobiliyatini susaytiradi, natijada turli xil baxtsiz hodisalarni kelib 
    chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari shovqin qon bosimining oshishiga, ko‘z 
    qorachig‘ining kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va 
    tomir urishining tezlashishiga, asab sistemasining buzilishiga, uyqusizlik sodir 
    bo‘lishiga va eshitish qobiliyatining susayishiga ham olib keladi. 
    Ayniqsa, inson 
    qulog‘i eshitmaydigan shovqinlar, уa’ni infratovushlar (tovush chastotasi 1б Gs. 
    dan kichik shovqinlar) va ultratovushlar (tovush chastotasi 20000 Gs.dan katta) 
    insоn sog‘lig‘iga katta ta’sir ko‘rsatadi. 

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini

    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish