• Ishlab chiqarish chiqindilari va zaharli moddalar.
  • Antraktida «Ozon tuynugi» (Qora tuynuk)ni




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    Antraktida «Ozon tuynugi» (Qora tuynuk)ni 
    hosil bo‘lishiga olib 
    kelgan. Amerikalik olimlarning baholashiga «Ozon tuynugining» 1987-yilgi 
    o‘lchami AQShning maydoniga teng kelgan. Hozirgi ma’lumotlar bo‘yicha esa 
    uning o‘lchami Yevropa qit'asining o‘lchami (20507000 kv km) bilan barobardir. 
    Oddiy misol, birgina kosmetik va shunga o‘xshash kichik aerozol ballonlarni 
    ishlatilishi natijasida yiliga 50 ming tonna freon atmosferaga chiqariladi. Bu 
    albatta, stratosferadagi ozon qatlamini yemirilishiga olib keladi. 
    Bundan tashqari millionlab kishilar havoning ifloslanishi 
    va 
    ifloslangап 
    suvdan iste’mol qilish oqibatida jigar kasalligi, rak kasal-ligi, turli xil yuqumli va 
    allergik kasalliklar bilan kasallanmoqda. 
    Yuqorida keltirilgan gaz va zararli moddalardan tashqari oltingugurt, simob, 
    qo‘rg‘oshin, asbest, uglerod oksidi (SO), oltingugurt oksidi, azot oksidi
    uglevodorodlar, ammiak va shunga o‘xshash minglab zaharli moddalar ishlab 
    chiqarish chiqindilari sifatida atmosferaga chiqarilmoqda. 
    Zoolog Drisherning qayd etishicha, har yili atmosferaga insoniyatning 
    faoliyati tufayli 40 ming xilga yaqin zaharli vazararli moddalar chiqindi sifatida 
    chiqarilmoqda. Masalan, bitta avtomobil yiliga o‘rtacha 297 kg SO, 39 kg 
    uglevodorod (konserogin birikmalar), 10 kg azot oksidi, 2 kg chang, 1 kg 
    oltingugurt ikki oksidi va 05 kg qo‘rg‘oshin birikmalarini chiqaradi. Hozirgi 
    vaqtda sanoat va аvtomobil transporti tomonidan atmosferaga chiqariladigan 
    uglerod oksidining (is gazi) yillik miqdori taxminan 8 million tonnaga yetadi. 
    Ishlab chiqarish chiqindilari va zaharli moddalar. 
     
    Ishlab chiqarishda foydalaniladigan yoki texnologik jarayonlarni amalga 
    oshirish davrida ajralib chiqadigan turli xil agressiv va zaharli kimyoviy moddalar, 
    jumladan, qishloq хо‘jaligida ishlatiladigan kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar, 
    tibbiyotda va dori-darmon tayyorlashda, atirupa, attorlik mollarini ishlab 
    chiqarishda ishlatiladigan moddalar ham inson sog‘ligiga katta ziyon yetkazmoqda. 
    Shu sababli, ishlab chiqarishga kimyoning hozirgi suratda kirib borishi 
    insoniyat oldiga yangi muammolarni qo‘ymoqda Тo‘g‘ri, kimyo bizning 
    hayotimizni yengillatishga va bezashga katta yordam beradi. Kimyoviy moddalar 
    yordamida o‘simliklarning hosildorligini oshirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
    uzoq vaqt saqlash, qayta ishlash mumkin. Undan atir-upa, tibbiy dori-darmonlar, 
    uyro‘zg‘ог buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi vaqtda 45 ming turga yaqin 
    kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va aholiga sotilmoqda, shuningdek, 
    jahon bo‘yicha 300 mln. tonnaga yaqin organik moddalar ishlab chiqarilib, ular 
    yordamida milliondan ortiq buyumlar tayyorlanmoqda. Lekin ishlab chiqarishda 
    foydalanilayotgan ushbu kimyoviy moddalar ma’lum miqdorda havo, suv va oziq-


    ovqatlar orqali inson tanasiga ham kelib tushmoqdaki, buning natijasida turli xil 
    yuqumli kasalliklar yuzaga kelmoqda. Chunki ayrim kimyoviy moddalar zaharlilik 
    xususiyatiga ega bo‘lsa, ayrimlari allergenlik (allergik kasalliklarini keltirib 
    chiqarish xususiyati), konserogenlik (rak kasalligini keltirib chiqarish xususiyati), 
    mutagenlik (naslga ta’sir etish xususiyati) va teratogenlik (chala yoki mayib-
    majruh tug‘ilishni yuzaga keltirish xususiyati), fibrogenlik (tanadagi to‘qimalar 
    birikmasining ajralishi) xususiyatlariga egadir. Bunday kimyoviy moddalarga, 
    ayniqsa, og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob), noorganik gazlar (oltingugurt 
    ikki oksidi, is gazi, azot oksidi, ozon), kremniy ikki oksidi (DDT, xlorli vinil va 
    boshqalar) misol bo‘lishi mumkin. Ushbu kimyoviy moddalar alohida holda ham, 
    aralashma holda ham inson sog‘lig‘i uchun juda xavfli hisoblanadi. Keyingi 
    yillarda rak kasalligining ko‘payishi, turli xil kasalliklarning yangi turlarini 
    vujudga kelishi, asosan, kimyoning ta’siridandir. 
    Germaniyalik olimlarning ko‘rsatishicha, 1975-yildagi rak bilan kasallangan 
    20 yoshgacha bo‘lgan erkaklar soni 1955-yilga nisbatan 3 barobarga ko‘paygan. 
    Qishloq xo‘jaligida har yili minglab tonna o‘g‘itlarning ishlatilishi natijasida ayrim 
    zaharli kimyoviy moddalarni o‘simlik orqali inson sog‘lig‘iga ta’sir etishi 
    kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha 1,2 mll. tonnaga yaqin pestitsidlar 
    (biotsidlar) ishlab chiqarilmoqda. Bularning ichida xlorli uglevodorod 

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Antraktida «Ozon tuynugi» (Qora tuynuk)ni

    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish