7-Mavzu: Хоna mikroiqlim parametrlarini o‘lchash.
Reja:
1.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi.
2. Хоna mikroiqlim parametrlarini o‘lchash
3.
Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini belgilovchi
ko‘rsatkichlar.
4. Mikroiqlim ko‘rsatkichlarining haqiqiy miqdorlari.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi ishchining sog‘lig‘iga
va
ish unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimi хопа havosining harorati, nisbiy
namligi, havo, bosimi, havoning harakatlanish tezligi hamda issiq ish jihozlari
yoki materiallari ta’siridagi issiqlik nurlanishining intensivligi orqali tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish muhiti sharoitida ushbu ko‘rsatkichlarning
miqdori keng
oraliqda o‘zgarib turishi mumkin Ularning miqdorlari yilning sovuq yoki issiq
davriga,
texnologik jarayon turiga, ishning kategoriyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy
tadqiqotlar natijasida mikroiqlim holatini tavsiflovchi ushbu ko‘rsatkichlarning
optimal miqdorlari o‘rnatilgan bo‘lib, bu sharoitda ishchi o‘zining barcha
imkoniyatlarini ishga solish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Vaholanki, mikroiqlim ko‘rsatkichlarini belgilangan me’yordan
chetga
chiqishi ishchining sog‘lig‘iga ham, ish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir etadi.
Ish joylari yoki ishlab chiqarish xonalari havosi haroratining yuqori bo‘lishi
inson organizmidan issiqlik ajralib chiqishini susaytiradi,
natijada organizmning
harorati oshadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ter ajralib chiqishi
kuchayadi, kishining e’tibori hamda ko‘rish va eshitish a’zolarining
reaksiya
tezligi susayadi.
Atrof-muhit haroratining susayishi ham inson sog‘lig‘iga katta salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, chunki atrof-muhit haroratining sovushi tana haroratini pasayishiga olib
keladi, natijada qon aylanish jarayoni susayadi,
qonning immunobiologik
xususiyati kamayadi, nafas olish уo‘llarini kasallanishiga, revmatizm,
gripp kabi
kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari havoning tezligi ham muhim faktorlardan biri hisoblanadi.
Agar havoning tezligi 0,1 m/s dan kam bo‘lsa, havo dim, 0,25 m/s dan ortiq bo‘lsa
yelvizak bo‘ladi. Мa’lumki, ikkala holatda ham inson sog‘ligi
va ish qobiliyati
yomonlashadi.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlim holati ko‘rsatkichlarini
aniqlashda bir qancha asboblardan foydalaniladi. Masalan, havoning harorati –
termometrlar, termogratlar, havoning harakatlanish tezligi – katatermometrlar
va
anemometrlar, havoning nisbiy namligi –psixrometrlar, issiqlik nurlanishlari –
aktinometrlar va havoning bosimi – barometrlar bilan o‘lchanadi.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi ishchining sog‘lig‘iga
va
ish unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimi хопа havosining harorati, nisbiy
namligi, havo, bosimi, havoning harakatlanish tezligi hamda issiq ish jihozlari
yoki materiallari ta’siridagi issiqlik nurlanishining intensivligi orqali tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish muhiti sharoitida ushbu ko‘rsatkichlarning miqdori keng
oraliqda o‘zgarib turishi mumkin Ularning miqdorlari yilning sovuq yoki issiq
davriga, texnologik jarayon turiga, ishning kategoriyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy
tadqiqotlar natijasida mikroiqlim holatini tavsiflovchi ushbu ko‘rsatkichlarning
optimal miqdorlari o‘rnatilgan bo‘lib, bu sharoitda ishchi o‘zining barcha
imkoniyatlarini ishga solish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Vaholanki, mikroiqlim ko‘rsatkichlarini belgilangan me’yordan chetga
chiqishi ishchining sog‘lig‘iga ham, ish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir etadi.
Ish joylari yoki ishlab chiqarish xonalari havosi haroratining yuqori bo‘lishi
inson organizmidan issiqlik ajralib chiqishini susaytiradi, natijada organizmning
harorati oshadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ter ajralib chiqishi
kuchayadi, kishining e’tibori hamda ko‘rish va eshitish a’zolarining reaksiya
tezligi susayadi.
Atrof-muhit haroratining susayishi ham inson sog‘lig‘iga katta salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, chunki atrof-muhit haroratining sovushi tana haroratini pasayishiga olib
keladi, natijada qon aylanish jarayoni susayadi, qonning immunobiologik
xususiyati kamayadi, nafas olish уo‘llarini kasallanishiga, revmatizm, gripp kabi
kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari havoning tezligi ham muhim faktorlardan biri hisoblanadi.
Agar havoning tezligi 0,1 m/s dan kam bo‘lsa, havo dim, 0,25 m/s dan ortiq bo‘lsa
yelvizak bo‘ladi. Мa’lumki, ikkala holatda ham inson sog‘ligi va ish qobiliyati
yomonlashadi.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlim holati ko‘rsatkichlarini
aniqlashda bir qancha asboblardan foydalaniladi. Masalan, havoning harorati –
termometrlar, termogratlar, havoning harakatlanish tezligi – katatermometrlar
va
anemometrlar, havoning nisbiy namligi – psixrometrlar, issiqlik nurlanishlari –