6-Mavzu: Ishlab chiqarish muhitining meteorologik sharoitlari.
Reja:
1. Meteorologik sharoitlarining asosiy tushunchalari.
2. Meteorologik sharoitlarni tadqiq qilish usullari.
3. Havo harakatining harorati, namligi va tezligini tartibga solish.
4. Ish joyi havosi tarkibidagi zaharli gazlar yoki changlar.
Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina jarayonlar turli xil tarkibdagi chang va gazlarni
ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Shu sababli, sof toza havo deyarli uchramaydi
va havo tarkibida hamisha ma’lum miqdorda (1m3 toza havo tarkibida 0,25
mg.dan 0,5 mg. gacha) changlar bo‘ladi.
Changlar ko‘rinishi
va
tarkibiga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga
bo‘linadi: organik, noorganik (mineral)
va
metall changlari.
Yirik changlar nafas olganda burun bo‘shlig‘ida qolib, o‘pkaga kirmaydi.
Mayda changlar esa (asosan, o‘1сhami 10 mk.dan kichik bo‘lgan changlar) nafas
orqali burun bo‘shlig‘idan o‘tib, о‘pkaga o‘rnashadi
va
vaqt o‘tishi bilan turli xil
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, diametric 0,3 mk.dan kichik changlar
qonga tushishi ham mumkin.
Changlar o‘z zarrachalari yuzasida turli xil zararli moddalar (mshyak, berilliy,
kadmiy, nikel, qo‘rg‘oshin, xrom, mis, asbest, vanadiy va b.) bilan bog‘lanib
insonni kuchli zaharlanishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan chang turlari ichida, ayniqsa, metall changlari, jumladan,
qo‘rg‘oshin changlari inson uchun juda xavflidir. Qo‘rg‘oshin
changlarining havo
tarkibidagi juda oz konsentratsiyasi ham inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etadi.
Masalan, 100 ml qon tarkibida 35 mkg. qo‘rg‘oshin bo‘lishi insonning bosh miyasi
funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari qo‘rg‘oshin
qonda gemoglobin sintezining buzilishiga, muskul tizimlarini
susayishidan tortib
shal bo‘lishigacha, jigar, buyrak va miya faoliyatini buzilishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha 3,3 mln. tonna qo‘rg‘oshin ishlab
chiqarilmoqda. Faqatgina avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan havoga har yili
250 ming tonna qo‘rg‘oshin chiqarilmoqda. Amerikalik olimlar tomonidan bundan
1600 yil oldin yashagan janubiy Amerika tub aholisining suyak
skeleti tarkibidagi
qo‘rg‘oshin miqdori bilan hozirgi zamondagi odamlarning suyak skeletidagi
qo‘rg‘oshin
miqdori taqqoslanganda, bu miqdor hozirgi zamon odamlarida 700–
1200 marta ko‘р ekanligi aniqlangan.
Bundan tashqari qora metallurgiya, qurilish materiallarini
ishlab chiqarish
sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, energetika sanoati va qishloq xo‘jaligidagi
ishlab chiqarish jarayonlarida ajralib chiqadigan turli
xil organik va noorganik
changlar ham inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.