-Mavzu: Shikastlanishlar va kasb kasalliklari




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

5-Mavzu: Shikastlanishlar va kasb kasalliklari. 
 
Reja:
 
1. Nerv sistemasining kasbiy kasalliklari. 
2.
 
Jarohatlanish
 
ko‘rsatkichlari va sabablarini o‘rganish uslublari. 
3. Baxtsiz hodisalar tufayli yuzaga keluvchi umumiy iqtisodiy zararni hisoblash. 
4.Baxtsiz hodisalar tufayli iqtisodiy zararning hisobi. 
Nafas olish a ’zolarining ba’zi bir kasbiy surunkali zaharlanishlari va 
kasalliklarida davolash kompleksiga patogenetik terapiya hisoblangan kislorod 
terapiyasi bilan bir qatorda, bronxlaming drenaj funksiyasini yaxshilash va 
bronxlaming o‘tkazuvchanligini tiklash, infeksiyaga qarshi kurash va yurak 
yetishmovchiligining oldini olishga qaratilgan davo tadbirlarini kiritish mumkin. 
Yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklami davolashda nafas olish gimnastikasi, ko‘krak 
qafasini uqalash va bronxospazm hamda nafas yetishmovchiligini yo‘qotishga 
qaratilgan har xil fizioterapevtik muolajalami qoilash muhim ahamiyatga ega. 
Metallardan (qo‘rg‘oshin, simob, marganes va boshqalar) zaharlanishni 
davolashda kompleksonlar va antidotlar (tetatsin. kalsiy, pentatsin, unitiol, natriy 
tiosulfat, D - penitsilamin, suksimer va boshqalar) keng qo‘llaniladi, chunki ushbu 
vositalar metallarning turg‘un va zaharsiz komplekslarini hosil qiladi hamda 
organizmdan tezda chiqarib yuboradi. 
Asab sistemasining surunkali kasbiy zaharlanishlari va ularning asoratlarini 
davolash kasallik sindromlarining har xilligini hisobga olgan holda bosh va 
periferik qon aylanishini, asab to‘qimasining metabolizmini yaxshilash. biogen 
aminlaming almashinuvi, neyrogumoral buzilishlarni me’yorlashtirishga qaratilgan 
boiishi kerak va vitaminlar, sedativ vositalar hamda trankvilizatorlar keng 
qollaniladi. 
Nerv sistemasining keng tarqalgan kasbiy kasalliklarida - vegeto-sensor 
polinevropatiyalami davolashda an’anaviy davolash usullaridan tashqari, davolash 
amaliyotiga boshqa har xil davolash usullari - manual terapiya, vakuum-massaj, 
tienajerlarda o‘z-o‘zini uqalash, refleksoterapiya va boshqalarni kiritish mumkin. 
Ushbu 
davolash 
usullari 
vegeto-sensor 
polinevropatiya 
tayanch-harakat 
apparatining kasalliklari bilan birga kechganida ham yaxshi samara beradi. 
Ko‘pgina kasb kasalliklarini davolashda elektro va gidroterapiya hamda 
balneologik omillardan foydaniladi. Organizmning umumiy holatini yaxshilash va 
qarshiligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ham katta o‘rinni egallaydi (to‘g‘ri 
ovqatlanish, vitaminoterapiya, sanatorkurort davolash va b.). 
Ko‘pincha bemorni kasallikka sabab boigan zararli omilning ta’siri bo‘lmagan 
ishga o‘z vaqtida o‘tkazish, ya’ni etiologik terapiyani qoilash kasb kasalliklarining 
asosiy davolash prinsiplaridan biri hisoblanadi. 
Har qanday korxonaning ish faoliyatida kasallangan xodimga o‘z vaqtida 
malakali terapevtik yordam ko‘rsata oladigan, korxonada mehnat sharoitlarini va 
kasallanishni tahlil qila oladigan, xodimlar organizmiga noqulay ta’sir ko‘rsatuvchi 


omillarni aniqlay oladigan, ish sharoitlarini yaxshilashga yordam bera oladigan, 
kasalliklami, jumladan, kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan chora-
tadbirlami q o ‘llay oladigan shifokor zarurdir. 
Kasb kasalliklarining ko‘pligi hamda ularda har xil organ va sistemalaming 
zararlanishi sababli umumiy amaliyot shifokoridan yuqori malaka talab qilinadi. U 
kasb kasalligi jamoada ishlayotgan ishlovchida rivojlanishini bilishi kerak. Kasbiy 
zararli omillarning ta’siri borligini kasbiy anamnez, bemorning ish joyi sanitar-
gigiyenik tavsifnomasi, kasallikning mehnat jarayonida rivojlanishi tasdiqlaydi. 
Kasb kasalliklari ro‘yxatida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash 
Vazirligining maxsus buyrug‘ining ilovasida) ko‘rsatilgan ba’zi bir onkologik 
kasalliklar zararli kasbiy omillar ta’siridagi ish faoliyati to‘xtatilganidan keyin bir 
necha yillardan o‘tib ham rivojlanishi mumkin. 
Kasb kasalliklarida tekshiruvlar hajmini to‘g‘ri tanlash va uni aniq o‘tkazish 
umumiy amaliyot shifokorlari uchun qiyin vazifalardan hisoblanadi. Shuning 
uchun O‘zbekiston Respublikasida ko‘proq uchraydigan (rivojlanishi mumkin 
bo‘lgan) kasb kasalliklarini zamonaviy talablarga mos ravishda tashxislash va 
davolashni ta ’minlash uchun mo‘ljallangan standartlar tavsiya qilingan (4-ilovaga 
qarang). 
Standartlarda Respublikamizda joriy qilingan xalqaro kasalliklar tasnifidan 
foydalanilgan. 
Kasb kasalliklari standartlari kasallikning nomi, xalqaro kasalliklar bo‘yicha 
shifri, kasallikning ta’rifi. asosiy klinik belgilari va sindromlari, fizikaviy tekshiruv 
natijalari, tashxisiy tekshiruvlar ro‘yxati va ulaming takrorlanishi, davolash chora-
tadbirlari va statsionarda davolash muddatlari, davolash natijalariga talablar, 
dispanserizatsiyalash prinsiplari kabilami o‘z ichiga oladi. 

Download 8,4 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Shikastlanishlar va kasb kasalliklari

Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish