ishlab chiqarish xonalarida yoritilganlik, shovqin,
titrash darajalarini hamda
mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yor-lashtirish, ishchilarni maxsus kiyim-boshlar
va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashni o‘z vaqtida amalga oshirish talab
etiladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi
– bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni
bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyenik va sanitar-texnik
tadbirlar hamda
vositalar tizimidir.
Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi
esa zararli moddalarning
belgilangan ruxsat etilgan miqdori
(REM)
asosida sog‘lom
va xavfsiz ish
sharoitini yaratishdan iboratdir.
Мa’lumki, xalq xo‘jaligining ауrim sohalarida, jumladan, qishloq хо‘jaligi,
neft va gaz quduqlarini qazish va ulardan foydalanishda ko‘pgina ishlar ochiq
havoda o‘tkaziladi. Bunday holda ishchilarga
meteorologik sharoitlar, уa’ni
havoning harorati, namligi, bosim, qor, yomg‘ir, quyosh radiatsiyasi va boshqa shu
kabi omillar katta ta’sir etadi.
Ushbu omillar ikki xil
yo‘l,
уa’ni, havo orqali yoki
bevosita muloqotda bo‘lish orqali ta’sir etishi mumkin.
Наvо orqali ta’sir etuvchi zararli omillarga ish joyining mikroiqlim holatini
belgilovchi ko‘rsatkichlar miqdori, chang, gaz, shovqin, infra va ultratovushlar,
yoritilganlik
darajasi elektromagnit maydon, infraqizil
va
ultrabinafsha
nurlanishlar hamda boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
Ikkinchi уo‘l, bevosita muloqot orqali ta’sir etuvchi omillarga esa har xil
qattiq va suyuq zararli moddalar, titrash bilan ishlovchi
asbob va moslamalar
kiradi.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, ularni inson sog‘ligiga ta’sirini
o‘rganish hamda bu ta’sirni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish muhim va
zarurdir. Bu masala esa mehnat gigiyenasining asosiy vazifasi hisoblanadi.