• Ruhiy xususiyatlar (shaxsiy fazilatlar).
  • Ruhiy holat
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    Ruhiy jarayonlar 
    – ruhiy faoliyatning asosini tashkil etadi. Ruhiy jarayonlar 
    bilish, emotsional va irodaviy sezish (his qilish, idrok etish, xotirlash va b.) kabi 
    turlarga bo‘linadi. 
    Ruhiy xususiyatlar (shaxsiy fazilatlar). 
    Ruhiy xususiyatlarga insonning 
    xarakteri, dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati, shaxsiy fazilatlarga esa intellektual, 
    emotsional, axloqiy va mehnat qobiliyati hamda irodasi kiradi. 
    Xususiyatlar turg‘un va doimiy hisoblanadi. 
    Ruhiy holat 
    – ruhiy jarayonlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etuvchi ruhiy 
    faoliyat xususiyatini bildiradi.
    Mehnat psixologiyasi vazifalari hamda mehnat xavfsizligi psixologiyasi 
    muammolaridan kelib chiqqan holda, ruhiy holatni: ishlab chiqarish ruhiy holati va 
    maxsus ruhiy holatlarga ajratish mumkin. Maxsus ruhiy holat ishlab chiqarish 
    jarohatlari, shikastlanishlar va shu kabi ko‘ngilsiz oqibatlar bo‘yicha profilaktik 
    tadbirlarni tashkillashtirishda yuzaga kelishi mumkin. 


    Insonning mehnat faoliyati samaradorligi (ish qobiliyati) ruhiy zo‘riqish, 
    уa’ni hayajonlanish darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Ruhiy zo‘riqish ma’lum 
    chegaragacha ish natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin bu xususiyatni 
    chegaradan, уa’ni kritik darajadan ortiq bo‘lishi ish qobiliyatini pasayishidan tortib 
    umuman уo‘qolishigacha olib kelishi mumkin. Bunday ruhiy zo‘riqish, chegaradan 
    tashqari zo‘riqish deb belgilanadi. Ishchining mehnat faoliyat davridagi me’yoriy 
    ruhiy yuklanganligi maksimal yuklanish darajasining 40–60 foizini tashkil etishi 
    lozim, aks holda, yuklanganlikning bu chegaradan oshishi ishchining ish 
    qobiliyatini susayishiga olib keladi. Chegaradan tashqari ruhiy zo‘riqish tormozli 
    va asabiy ko‘rinishlarga bo‘linadi. Tormozli ruhiy zo‘riqish harakatning 
    cheklanganligi va sekinlashishi orqali tavsiflanadi. Bunday holatda, ishchi оldingi 
    holatidagiday epchillik, chaqqonlik va ustalik bilan o‘z kasbiy mahoratini 
    namoyon qila olmaydi, уa’ni fikrlash jarayoni sekinlashadi, eslash qobiliyati 
    susayadi, e’tiborsizlik va shu kabi boshqa salbiy belgilar yuzaga keladi. 
    Asabiy zo‘riqish, hayajonlanish, ruhiy zo‘riqish giperaktivligi, ko‘р so‘zlilik, 
    qo‘1 va ovoz qaltirashi kabi belgilarda namoyon bo‘ladi. Bunday holatda ishchi 
    dag‘al, xafaqon ko‘rinishga tushishi, tez-tez beixtiyor ish jihozlari va asboblari 
    holatini kuzatishi, ust-kiyimini to‘g‘rilashi, qo‘lini artishi va shu kabi qiliqlarni 
    bajarishi kuzatiladi. 
    Albatta, bu holatlarning barchasi xatoga уo‘1 qo‘yilishiga va natijada baxtsiz 
    hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
    Ishchining ruhiy ishonchliligini belgilovchi alohida ruhiy holatlar: 
    paroksizmal hushdan ketish, kayfiyatni psixogen o‘zgarishi, ruhiy aktiv vositalarni 
    (stimulatorlar, trankvilizatorlar, alkogol ichimliklar) qabul qilish ta’siridagi ruhiy 
    o‘zgarishlar ko‘rinishlarida bo‘ladi. 

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish