Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va 
majburiyatlari
Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: 
-xodimlardan mehnatni muhofaza qilishga hamda ishlarni xavfsiz olib 
borishga doir normalar, qoidalar va yo‘riqnomalarga rioya etishni talab qilish; 
-xodimlarning alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi yoki toksik 
modda ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash uchun ularni tekshiruvdan 
o‘tkazish; 


-xodimlar ishlab chiqarishda olgan jarohatlanishlarning og‘irlik darajasi
xodimlarda ularning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallik 
mavjudligi to‘g‘risida, shuningdek ularning alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik 
moddasi yoki toksik modda ta’siridan mast holatda ekanligi haqida ma’lumotlar 
olish; 
-mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat 
nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, ular mansabdor 
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv 
tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilish; 
-mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etganlik uchun 
xodimlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 
-mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda aybdor xodimlarni 
intizomiy javobgarlikka tortish. 
Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi 
mumkin. 
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ish beruvchi: 
-har bir ish o‘rnida mehnat sharoitlarining mehnatni muhofaza qilish 
talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashi; 
-binolar, 
inshootlar, 
asbob-uskunalardan 
foydalanish, 
texnologik 
jarayonlarni amalga oshirish chog‘ida, shuningdek ishlab chiqarishda xomashyo va 
materiallarni qo‘llash, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida 
xodimlarning xavfsizligini ta’minlashi; 
-ish o‘rinlarida mehnat sharoitlarining holati, ayniqsa zararli ishlab 
chiqarish omillari va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzasidan nazoratni amalga 
oshirishi; 
-mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa 
kasalliklar xavfi mavjudligi, muayyan ish o‘rinlarida va ishlab chiqarishda 
mehnatni muhofaza qilishning holati haqida, shuningdek shu munosabat bilan 
xodimlarga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shaxsiy 
himoya vositalari to‘g‘risida xodimlarni o‘z vaqtida xabardor qilishi; 
-qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish xizmatini va 
yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi; 
(23-modda 
uchinchi 
qismining 
oltinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
-xodimlarni belgilangan normalar bo‘yicha sut, davolash-profilaktika oziq-
ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya hamda gigiyena vositalari bilan 
ta’minlashi, shuningdek jamoaviy himoya vositalari qo‘llanilishini ta’minlashi;
-xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar olishini, 
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan, qayta tayyorgarlikdan 
o‘tishini, malaka oshirishini va bilimlari tekshirilishini ta’minlashi; 


-mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quvdan o‘tmagan, yo‘l-yo‘riqlar 
olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo‘ymasligi; 
-xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilanadigan, imtiyozli 
shartlarda pensiyaga chiqish huquqi beriladigan, nogironlar band bo‘lgan zararli, 
xavfli va boshqacha mehnat sharoitlariga ega ish o‘rinlarida qonunchilikda 
belgilangan tartibda ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini 
o‘tkazishi; 
(23-modda 
uchinchi 
qismining 
o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
-dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati 
davomida) majburiy tibbiy ko‘riklar belgilangan tartibda o‘tkazilishini tashkil 
etishi; 
-mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat 
nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarga, shuningdek kasaba 
uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlariga ularning mehnatni 
muhofaza qilish holati, baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishi 
yuzasidan nazoratni, tekshirishni va monitoringni amalga oshirishi uchun zarur 
bo‘lgan axborot va materiallarni taqdim etishi; 
-avariya vaziyatlarining oldini olish, bunday vaziyatlar yuzaga kelganda 
xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan jabrlanganlarga birinchi 
yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi; 
-mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat 
nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning ko‘rsatmalarini bajarishi 
hamda kasaba uyushmalarining va xodimlar boshqa vakillik organlarining 
taqdimnomalarini ko‘rib chiqishi; 
-ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan davlat 
tomonidan majburiy ijtimoiy sug‘urta qilinishini, shuningdek ish beruvchining 
fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilinishini ta’minlashi; 
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini belgilangan 
tartibda tekshiruvdan o‘tkazishi, shuningdek ularning hisobini yuritishi shart. 
Ish beruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar 
ham bo‘lishi mumkin. 
(23-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Nazorat savollari: 
1. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari 
nimalardan iborat?
2. Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va 
majburiyatlarini izohlab bering.
3. Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa qanaqa huquqlarga ega? 



Download 8,4 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va

Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish