• 1-Mavzu: Мehnat qonunchiligi asoslari. Reja: 1.
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
    VAZIRLIGI 
    Jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy 
    boshqarmasi 
     
     
     
     
    Jizzax viloyati Arnasoy tuman kasb-hunar maktabi 
     
     
    “Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi” fanidan 
    MAVZULAR TO‘PLAMI 
     
     
     
     
     
     
    O‘qituvchi: I.Qayumov 
    Arnasoy-2021 yil 


    1-Mavzu: Мehnat qonunchiligi asoslari. 
     
    Reja: 
    1.
     
    O‘zbekistonda mehnat muhofazasi. 
    2. O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 
    qonun. 
    3. O‘zbekiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari. 
    4. Qonunda, mehnatni muhofaza qilishga doir talablar. 
     
    O‘zbekistonda mehnat muhofazasi 
    – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy 
    hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-
    salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy, 
    iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika 
    tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir. 
    Mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston 
    Respublikasi Konstitutsiyasi (8-dekabr 1992-у.), O‘zbekiston Respublikasining 
    Mehnat kodeksi (21-dekabr 1995-у.), «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 
    qonun» (6-may 1993-у.), Davlat standartlari, nizomlar va me’yorlar, xavfsizlik 
    texnikasi bo‘yicha qoidalar asosida olib boriladi. Respublikamizda demokratik 
    huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson huquqlari va 
    erkinliklariga to‘liq rioya etilishini taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasining 
    Konstitutsiyasida respublikamiz fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari
    siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari yaqqol o‘z ifodasini topgandir. 
    Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaat-
    lariga xizmat qiladi. 
    Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida 
    mas’uldirlar» (2-modda), «Yashash huquqi har bir insonning uzviy 
    huquqidir.....(24-modda). «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli 
    mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 
    himoyalanish huquqiga egadir» (37-modda). 
    Yuqoridagilarga asoslangan holda ifodalash mumkinki, insonning hayoti, 
    mehnat faoliyati, faoliyаti davridagi sog‘ligi davlat qonunlari asosida 
    himoyalanadi, muhofaza qilinadi. 
    O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 
    qonunida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati aniq o‘z aksini 
    topgan. Unda 
    «Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning 
    hayoti va sog‘ligi ustuvorligi» (4-modda) ta’kidlangan. Ushbu qonun 5 bo‘lim va 
    29 moddadan iborat bo‘lib, unda: 
    -mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy qoidalar (1-bo‘lim, 7 moddadan 
    iborat);
    -mehnatning muhofaza qilinishini ta’minlash (2-bo‘lim, 8 moddadan iborat); 
    -ishlovchilarning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqlarini ruyobga 
    chiqarishdagi kafolatlar (3-bo‘lim, 6 moddadan iborat);


    -mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga 
    rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati (4-bo‘lim, 3 moddadan 
    iborat); 
    - mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy 
    hujjatlarni buzganlik uchun javob-garlik (5-bo‘lim, 5 moddadan iborat) masalalari 
    aniq yoritilgan. 
    1995-yil 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul 
    qilindi va u 1996-yil aprel oyidan boshlab amalda kuchga kirdi. Ushbu qonunda 
    ko‘rsatilishicha, xavfsizlik texnikasiga, ishlab chiqarish sanitariyasiga, yong‘in 
    chiqishidan saqlanishga va mehnat muhofazasining boshqa qoidalariga rioya etish 
    yuzasidan ishchi va xizmatchilarga уo‘l-уo‘riqlar berish, shuningdek, xodimlarning 
    mehnat muhofazasiga doir qo‘llanmalarda ko‘rsatilgan hamma talablarga amal 
    qilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. Mehnat 
    sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida 
    bajariladigan yoki havoni ifloslantiruvchi ishlarda mehnat qiluvchi ishchi va 
    xizmatchilarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa 
    shaxsiy himoya vositalari tekinga beriladi. Mehnat sharoiti ifloslanish bilan bog‘liq 
    va zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchi ishchilar belgilangan me’yorda sovun hamda 
    sut yoki boshqa xil parhez oziq-ovqatlar, issiq sexlarda ishlovchilar esa gazsuv 
    bilan tekin ta’minlanadi. 
    Mehnat qonunlari kodeksida balog‘atga yetmagan yoshlarning, ayollarning 
    mehnatiga alohida e’tibor berilgan. 
    18 yoshga to‘lmagan yigitlarni 16 kg.dan, qizlarni 10 kg.dan ortiq yuk 
    ko‘tarishiga, ularning ish vaqtini haftasiga 36 soatdan ortib ketishiga уo‘l 
    qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga 
    hamda dam olish kunlari ishlashga jalb etish taqiqlanadi. Ishchi xodimlar uchun ish 
    vaqtining me’yoriy muddati 40 soatdan oshib ketmasligi, 18 ga kirmagan yoshlar 
    hamda mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda mehnat qiluvchilar uchun ish vaqti 
    miqdori haftasiga ko‘pi bilan 36 soat bo‘lishi kerak. Ish vaqtidan ortiq ishlash har 
    bir ishchi va xizmatchi uchun surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 
    120 soatdan ko‘р bo‘lmasligi lozim. 
    Mehnat sharoitlarini me’yorlashtirish, ishchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ish 
    sharoitini ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi talablari asosida standartlar 
    ishlab chiqilib, ular ma’lum bir tizimga solingan. 
    Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalarning oldini olishga 
    qaratilgan tadbirlardan biri – sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri tekshirish va 
    tahlil qilish, ularning sabablarini aniqlash hamda olingan ma’lumotlar asosida 
    tegishli tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston 
    Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-уil 6-iyundagi 286-sonli qaroriga 
    asosan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining 
    boshqa zararlanishini tekshirish va hisobga olish» to‘g‘risida Nizomi qabul qilindi. 
    O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida hamda mehnatni muhofaza 
    qilish to‘g‘risidagi qonunida mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni va 
    boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganligi uchun javobgarlik belgilangan. 


    Qonunda, mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi uchun 
    korxonalarning javobgarligi (25-modda);
    -mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish 
    ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning 
    iqtisodiy javobgarligi (26-modda);
    -mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni 
    buzganlik uchun javobgarlik (27-modda);
    -ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon yetkazganlik uchun 
    korxonalarning moddiy javobgarligi (28- modda);
    -ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda 
    korxonaning moddiy javobgarligi (29-modda) aniq ko‘rsatib o‘tilgan. 
    «Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va
     
    boshqa me’yoriy hujjatlar 
    buzilishida aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari 
    vakillarining faoliyatiga monelik qilgan mansabdor shaxslar O‘zbekiston 
    Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy 
    va 
    jinoiy 
    javobgarlikka tortiladilar (27-modda). 
    Nazorat savollari: 
    1.
     
    O‘zbekistonda mehnat muhofazasi qanday tizim hisoblanadi? 
    2. O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 
    qonun mazmun mihiyati nimadan iborat? 
    3. O‘zbekiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni muhofazasiga 
    oid qanaqa qarorlarini bilasiz? 



    Download 8,4 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM

    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish