-o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib
bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast
yetishi munosabati bilan hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini ish
beruvchidan undirish;
-o‘z ish o‘rnida mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar ta’minlanishi bilan
bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilayotganda va o‘zi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa
yoki uning kasb kasalligi tekshirilayotganda shaxsan o‘zi ishtirok etish yoki o‘z
vakillari orqali ishtirok etish;
-tibbiy tavsiyalarga muvofiq navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tish,
ushbu tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi
saqlanishi;
-mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida ish o‘rni
tugatilgan taqdirda ish beruvchining mablag‘lari hisobidan qayta tayyorgarlikdan
o‘tish.
Xodim qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xodim:
-mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya
etishi;
-shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashi;
-mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar olishi, mehnatni
muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan va malaka oshirishdan o‘tishi;
-odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diruvchi har qanday
vaziyat to‘g‘risida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog‘liq
holda sodir
bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida ish beruvchini darhol xabardor qilishi
shart.
Xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)