|
-Mavzu: Меhnat gigiyenasi, fiziologiyasi va psixologiyasining asosiyBog'liq Mehnat muxofazasi3-Mavzu: Меhnat gigiyenasi, fiziologiyasi va psixologiyasining asosiy
tushunchalari.
Reja:
1. Mehnat xavfsizligining psixologik asoslari.
2. Ishlab chiqarish sanitariyasi.
3. Mehnat gigiyenasi.
4. Ishlab chiqarishdagi хаfli va zararli omillar.
Mehnat xavfsizligining psixologik asoslari.
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarni (jarohatlanishlar,
shikastlanishlar, kasallanishlar, yong‘inlar va b.) kamaytirish muammosini
faqatgina muhandislik uslublari orqali hal etib bo‘1maydi. Shu sababli, mehnat
xavfsizligi psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Tajribalarning
ko‘rsatishicha
ishlab
chiqarishdagi
avariyalar
va
jarohatlanishlarning
ko‘pchiligi
mashinalardagi
muhandislik-konstruktorlik
nuqsonlar yoki texniktexnologik sabablar orqali emas, balki tashkiliy-psixologik,
уa’ni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmaslik, yetarli darajada
o‘qitilmaslik, ishchining bilib-bilmay xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, xavfli
ishlarga maxsus o‘qishlardan o‘tmaganlarga ruxsat berish, ishga mutaxassislik
bo‘yicha qabul qilmaslik va shu kabi qator sabablar ta’sirida yuz beradi. Shu
sababli,
ko‘pincha
jarohatlanishlarning
60–70
foiziga
bevosita
jarohatlanuvchilarning o‘zlari aybdor bo‘ladi.
Xavfsizlik psixologiyasi deganda
insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan psixologik bilimlardan foydalanish tushuniladi.
Xavfsizlik psixologiyasi
mehnat faoliyati davomida yuz beradigan turli
jarayonlarni, xususiyatlarni va holatlarni chuqur o‘rganadi hamda tahlil qiladi.
Shunga bog‘liq holda,
insonning ruhiy faoliyatini uch xil komponentga ajratish
mumkin, уa’ni ruhiy jarayonlar, xususiyatlar va holatlar.
|
| |