|
O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202Bog'liq Mehnat muxofazasi Psixofiziologik sabablarga
bajarilayotgan ishga e’tiborsiz
qaralishi, ishchining o‘z faoliyatida bo‘lgan nazoratining bo‘shligi, jismoniy yoki
asabiy toliqish va boshqa shu kabilar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi хаfli va
zararli оmillar
baxtsiz hodisalarni keltirib
chiqaruvchi sabablardan farq qiladi.
Baxtsiz hodisalarning sabablari mehnat muhofazasi bo‘yicha standartlar,
qonun-qoidalar va ko‘rsatmalarning buzilishi, ularga amal qilmaslik oqibati bo‘lsa,
ishlab chiqarishdagi xavfli
va
zararli omillar esa bevosita jarohatlanishlarni keltirib
chiqaruvchi shart-sharoitlar hisoblanadi.
Ishlab chiqarishdagi хаfli va zararli omillar ishning turi va mehnat sharoitiga
bоg‘liq holda 4 guruhga bo‘linadi: fizikaviy, kimyoviy, biologik va
psixofiziologik.
Fizikaviy omillarga
harakatdagi mashina va mexanizmlar, ularning
himoyalanmagan qo‘zg‘aluvchi mexanizmlari, ish joyi havosining yuqori darajada
changlanganligi,
gazlanganligi,
baland
darajadagi
shovqin,
titrash,
infratovush, ultratovush, turli xi1 nurlanishlar, static elektr zaryadlari, yuqori
kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yoritilganlik darajasining
me’yordan chetga chiqishi kabi omillar kiradi.
Kimyoviy omillarga
ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan yoki ajralib
chiqadigan turli xil kimyoviy moddalar kiradi. Ularni insonga ta’sir etish
xususiyatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: umumiy zaharlovchi,
ko‘payish funksiyalariga ta’sir etuvchi; inson a’zolariga kirish уo‘li orqali esa:
nafas olish уo‘li orqali ta’sir etuvchi, ovqatlanish va hazm qilish tizimi orqali va
bevosita teri orqali ta’sir etuvchi.
Biologik omillarga
esa har xil jarohatlar va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi
mikro va makroorganizmlar:
-bakteriyalar, viruslar, rikket, zamburug‘lar, har xil zaharli o‘simliklar vа
hayvonlar kiradi.
|
| |