moddalar bilan ham ifloslanadi. Bu atmosfera havosini buzilishi bilan bir vaqtda
turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan
zaharli va zararli moddalar,
masalan, oqindi suvlar, axlatlar, ishlangan gazlar (ichki yonuv dvigatellaridan
chiqadigan gazlar), radiaktiv moddalar, biotsidlar va
boshqalar ekotizimga kelib
tushgach, izsiz уo‘qolib ketmaydi. Ularning kichik konsentratsiyali miqdori ham
uzoq vaqt ta’sir etishi, insonlarni, o‘simliklarni
va
hayvonlarni zaharlashi mumkin.
Ayrim zaharli moddalar ozuqani tayyorlash va iste’mol qilish jarayonida ham,
ta’sir etishi mumkin. Masalan, zaharli moddalar o‘simlikdan chorva mollariga,
chorva mahsulotlari (sut, go‘sht) orqali insonga ta’sir etib, turli xil kasalliklarni
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, zararli va zaharli
moddalar yer yuzi iqlimini, shuningdek,
atmosferani, troposferani (atmosferaning pastki qatlami), stratosferani (yer yuzidan
10–80 km uzoqlikdagi qatlami) va kriosferani (yer yuzining muzliklar va qorliklar
bilan qoplangan yuzasi) ham o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Iqlimga ta’sir etuvchi muhim faktor
–
yerning issiqlik balansidir.
Albatta, bu
quyosh nurlari ta’sirida yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda «Yer - atmosfera» tizimi
issiqlik balansi holatida bo‘lib, yerga tushadigan 100% qisqa to‘lqinli quyosh
nurlarining o‘rtacha 18% atmosferada yutiladi (3% bulutlar va 16% havo orqali),
30% kosmosga qaytariladi (20% bulutlar va 6% havo hamda 4% yer yuzasi orqali).
Qolgan 51% qisqa to‘lqinli quyosh nurlari yer yuzasida yutiladi. Shundan 21%
qayta nurlanib uzun to‘lqinli nurlar ko‘rinishida qaytadi, 30% esa sezilarli (7%)
va
yashirin (23%) issiqlik ko‘rinishida atmosferaga uzatiladi.
Ushbu keltirilgan nurlar balansi Yerning «Issiqlik хо‘jaligi» asosini tashkil
etadi. Qabul qilingan nurlarning qaytgan nurlarga nisbati «аlbедо»
deb ataladi,
Maksimal qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan absolyut oq jismning albedosi birga
teng. Yerning albedosi 0,30 ni tashkil etadi. Lekin insoniyat tomonidan yerdan
noto‘g‘ri foydalanish, o‘rmonlarni kesilishi, cho‘1
yerlarni haydalishi, sun’iy suv
havza1arini barpo etilishi, atrof-muhitga minglab tonna chiqindilarni chiqarilishi,
ishlab chiqarish jarayon1ari natijasida tonnalab zaharli gazlar
va
moddalarning
atrnosferaga chiqarilishi issiqlik balansini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Masalan,
havo tarkibida karbonat angidrid gazining oshishi ma’lum miqdorda iqlimni
isishiga olib kelishi mumkin. Karbonad angidrid gazi rangsiz gaz bo‘lib, uning sof,
toza havo tarkibidagi miqdori 0,03% ni tashkil etadi. Ushbu gaz tirik organizmlarni
nafas
olishida, neft va gazni yoqish jагауопidа, bug‘ qozonlarida, issiqlik elektr
stansiyalarida, avtomobil ishlashi vaqtida ajralib chiqadi. Keyingi yuz yi1 ichida
havo tarkibidagi karbonad angidrid miqdori 14% ga,
hozirgi vaqtda esa har yili
0,4% ga oshib bormoqda.
Industrial ега (taxminan 1860-yillar)dan hozirgi vaqtgacha 140 mlrd. tоппаgа
уаqin uglerod atmosferaga chiqarilgan, hozirgi vaqtda esa atmosferaga jahon
bo‘yicha yiliga 8 mlrd. tonnaga yaqin uglerod chiqarilmoqda. Ushbu gazning havo
tarkibidagi miqdorini oshib borishi atmosferada ma’lum qatlam hosil qilib,
issiqlikni kosmosga uzatilishini susaytiradi, Bu esa o‘z
navbatida yer yuzi
haroratini ma’lum darajada oshishiga olib kelishi mumkin.
Havo tarkibida
karbonad angidrid gazining та’lum miqdorda oshishi natijasida 2030-yilga borib
havoning 1,5
–
2,5oС ga ortishi taxmin qilinmoqda. Haroratning ortishi esa okean
sathining ko‘tarilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda, keyingi 100 yil ichida harorat
0,5o С ga, okean sathi esa 10
–
15 sm.ga ko‘tarilganligi qayd etilgan.
1987-yili G‘arbiy Berlinda bo‘lib o‘tgan Xalqaro simpoziumda qayd
etilishicha, ishlab chiqarishda sovutuvchi suyuqliklarni,
turli xil turdagi aerozol
ko‘rinishiga ega tozalovchi vositalarni va uglevodorodlarni (freonlarni) keng
ishlatilishi