(DDT)  va  fosforning organik birikmasi – Ye-605 o‘ta zaharli hisoblanadi. Masalan,  DDT




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

(DDT) 
va 
fosforning organik birikmasi – Ye-605 o‘ta zaharli hisoblanadi. Masalan, 
DDT 
tuproqda 30 yilgacha saqlanishi va o‘zining zahar-lilik xususiyatini уo‘qotmasligi 
mumkin. Hozirgi vaqtda DDTning ma’lum miqdoridagi konsentratsiyasi 
molyuskalar, baliqlar, parrandalardan tortib, Shimoliy va Boltiq dengizi tyulenlari 
tanasida hamda antraktida baliqlari va parrandalari tanasida ham topilmoqda. 
DDT 
inson tanasining yog‘ to‘qimalarida to‘plana borib, nerv sistemasini, 
jigar, yurak va jinsiy a’zolar faoliyatini buzilishiga, ma’lum konsentratsiyaga 
yetgach esa o‘limga olib keladi. 
Shu sababli, barcha zaharli moddalarning me’yoriy miqdorini, уa’ni 
cheklangan ruxsat etilgan miqdorini 
(REM) 
aniqlash va ular ustidan qattiq nazorat 
o‘rnatilishi talab etiladi. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan va hosil bo‘ladigan 700 
dan ortiqroq zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari aniqlanib standart-
lashtirilgan va ular ustidan davlat nazoratlari o‘rnatilgan. 
Davlat standarti bo‘yicha 
inson sog‘lig‘igа ta’sir etuvchi хаfli moddalar 4 sinfga ajratilgan. 
1-sinf – favqulodda xavfli moddalar, REM<0,1 mg/m3; 
2-sinf – yuqori xavflilikdagi moddalar, REM=0,1 ... 1,0 mg/m3; 
3-sinf – o‘rtacha xavflilikdagi moddalar, REM=1,0 ... 10 mg/m3; 
4-sinf – kam xavflilikdagi moddalar, REM)10 mg/m3. 
Xuddi shuningdek, ushbu zaharli moddalarning havo tarkibidagi o‘limga olib 
keluvchi miqdorlari 1-sinf uchun 500 mg/m3, 2-sinf uchun 500–5000 mg/m3; 3-
sinf uchun 5001–50000 mg/m; 4-sinf uchun 50000 mg/m3 dan yuqori. 
Lekin bu moddalarning havo orqali emas, balki boshqa уo‘llar orqali 
(masalan, ovqat orqali, ular bilan bevosita muloqot qilish orqali) oshqozonga yoki 
teriga ta’sir etgandagi o‘limga olib keluvchi miqdorlari bir necha o‘n barobar 


kichikdir. Masalan, 1-sinfdagi zaharli moddalarning oshqozonga tushgandagi 
o‘limga olib keluvchi miqdori 15 mg/kg. ga tengdir. 
Ayrim xavfli va zaharli moddalarning ma’lum konsentratsiyasi portlashga 
yoki yong‘inga ham olib kelishi mumkin. Masalan, avtomobil benzini xona 
haroratida 1 m. ochiq yuzadan 400 g/soat tezlikda bug‘lanadi. Benzin bug‘larining 
havo tarkibidagi 0,76...5,03% dagi konsentratsiyasi esa portlashga olib kelishi 
mumkin. 
Shuningdek, agar havo tarkibida benzin konsentratsiyasi miqdori 3–4 g/m3 
bo‘lsa, 2–3 minut ichida insonning ko‘zidan yosh kelishi, qattiq уo‘tal tutishi, 
yurish muvozanati buzilishi mumkin, benzinning havo tarkibidagi konsentratsiyasi 
30–40 g/m3 bo‘lganda esa, inson 2–3 nafasdayoq hushidan ketadi. 
Yuqorida keltirilgan zararli changlar, gazlar, agressiv va zaharli moddalardan 
himoyalanish birinchi navbatda ish joyi havosi tarkibini o‘rganish va uni REM 
talablari bo‘yicha muvofiqlashtirishni talab etadi. Buning uchun chang miqdorini 
aniqlashda aspiratordan, gaz miqdorini aniqlashda UG-2, GX-2 rusumli gaz 
analizatorlaridan foydalaniladi. 
Ish joyi havosi tarkibidagi zaharli gazlar yoki changlar miqdori aniqlangach, 
bu miqdor ruxsat etilgan miqdor (REM) bilan taqqoslanib ko‘riladi va ish joyini 
sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Ish joylari havosini sog‘lomlashtirishda birinchi navbatda zararli changlar va 
gazlarning manbalari, ularni yuzaga kelishini kamaytirish уo‘llari, ushbu zararli 
gaz va changlarni ish joyi zonasiga kirish sabablari o‘rganilib, bartaraf etish 
choralari ko‘riladi. Agar ushbu zararli moddalarni yuzaga kelishini oldini olish 
mumkin bo‘lmasa, u holda ushbu gazlarni ish joyi zonasiga kirish уo‘llari 
germetiklashtiriladi hamda ish joylariga shamollatish qurilmalari o‘rnatiladi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar yetarli darajada samarali bo‘lmagan hollarda esa 
shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi yoki ishlab chiqarish to‘liq 
avtomatlashtirilib masofadan boshqarish tizimlari tatbiq etiladi. 
 
Nazorat savollari: 
1. Meteorologik sharoitlarining asosiy tushunchalari nimalardan iborat?
2. Meteorologik sharoitlarni tadqiq qilishda qanday usullar mavjud?
3. Havo harakatining harorati, namligi va tezligini qanda tartibga solinadi? 

Download 8,4 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



(DDT)  va  fosforning organik birikmasi – Ye-605 o‘ta zaharli hisoblanadi. Masalan,  DDT

Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish