10-Mavzu: Yoritishning tasnifi va uni tartibga solish.
Reja:
1. Sun’iy yorug‘lik manbalari va vorug‘lik chiroqlari
2. Yoritishning tasnifi va uni tartibga solish.
3. Yoritishni hisoblash va nazorat qilish.
4.
Zararli nurlanishlarning inson organizmiga ta’siri.
Sun’iy yorug‘lik manbalari va vorug‘lik chiroqlari
.
Sun’iy yorug‘lik manbalari sifatida cho‘g‘lanma va gazrazryadli chiroqlardan
foydalaniladi.
Cho‘g‘lanma chiroqlar 127 va 220 Vt nominal kuchlanishda ishlaydi hamda
15 dan 1500 Vt. gacha quvvatga ega bo‘ladi. Chiroqlarning quvvati qanchalik
yuqori bo‘lsa, yorug‘lik berish qobiliyati shunchalik kuchli bo‘ladi.
Bir xil
quvvatdagi chiroqlar 127 Vt kuchlanishda ishlaganda 220 Vt. ga nisbatan
kuchliroq yorug‘lik tarqatadi.
Mahalliy yoritishda 12
va
36 Vt kuchlanishdagi quvvati 50 Vt gacha bo‘lgan
chiroqlardan foydalaniladi.
Cho‘g‘lanma chiroqlarning ishlash muddati 1000 soatgacha, yorug‘lik
berish
qobiliyati– 7...20 Lm/Vt. ni tashkil etadi.
Gazrazryadli chiroqlar cho‘g‘lanma chiroqlarga nisbatan gigiyenik talablarga
to‘liqroq javob bеrаdi. Bunday chiroqlarning ishlash muddati - 14000 soatgacha
yetadi, yorug‘lik berishi – 100
L.т/Vt.
ni tashkil etadi. Eng keng tarqalgan
gazrazryadli chiroqlarga silindrik truba shaklidagi lyuminetsent
chiroqlarni misol
keltirish mumkin. Ular turli xil rusumda, уa’ni LD, LXD, LB, LTB, LDTs
ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Lyuminetsent chiroqlarda yorug‘lik oqimining
tebranish chastotasi, elektr tokining tebranish chastotasiga (50 Gs) teng bo‘ladi. Bu
esa ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Chunki bu ko‘rsatkichga
mos holda
pulsatsiya koeffitsiyenti ham o‘zgaradi. Masalan, LB rusumli chiroqlarda
pulsatsiya koeffitsiyenti 35%, DL rusumli chiroqlarda 65% ni tashkil etadi.
Vaholanki, bu ko‘rsatkich cho‘g‘lanma chiroqlarda 15% ga tengdir.
Simobli chiroqlar lyuminetsent chiroqlarga nisbatan ancha turg‘un yoritadi va
haroratning turli xil oralig‘ida, ya’ni ham past, ham
yuqori haroratlarda yaxshi
ishlaydi.
Bunday chiroqlar yuqori quvvatga ega bo‘lib, ulardan ko‘chalarni va katta
ishlab chiqarish binolarini yoritishda foydalaniladi.
Ksenon chiroqlar kvars trubkalardan iborat bo‘lib, bu trubkalarda ksenon gazi
to‘latilgan bo‘ladi. Ulardan sport inshootlarini, temir yo‘l
stansiyalarini, qurilish
maydonlarini yoritishda foydalaniladi. Bu chiroqlar ultrabinafsha nurlar chiqaradi
va yoritilganlik 250 Lk. dan oshganda xavfli hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda goloid va natriyli chiroqlar
eng istiqbolli chiroqlardan
hisoblanadi. Ularning yorug‘lik tarqatishi 110...130 k/Vt ni tashkil etadi.
Yuqoridagilardan tashqari ultrabinafsha nur tarqatuvchi chiroqlardan ham
ishlab chiqarishda foydalaniladi. Маsalan, bunday chiroqlar hayvonlar va
o‘simliklarga ta’sir etishda, tibbiyotda ish- latiladi.
Bunday nurlarning inson
tanasiga ta’siri eritem nurlanish deb ataladi va uning ta’sirida terida kam sezilarli
darajada qizarish paydo bo‘ladi. Yuqori darajadagi eritem nurlanish xavfli
hisoblanadi.
Yoritilganlik lyuksmetr bilan o‘chanadi. Buning uchun Yu- 17, Yu-116
rusumli lyuksmetrlardan foydalaniladi.
Eritem nurlanish darajasi esa ufimetr bilan aniqlanadi.