• Yoritilganlikning notekislik koeffitsiyenti (Knk) ishchi yuzadagi minimal va maksimal yoritilganliklarning nisbati orqali ifodalanadi. Таbiiу yoritish.
  • Sun’iу yoritish.
  • Yoritilganlikning pulsatsiya koeffitsiyenti




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    Yoritilganlikning pulsatsiya koeffitsiyenti 
    (Кр) o‘zgaruvchan tok bilan 
    ishlovchi gaz razryadlanish lampalarda yorug‘likning o‘zgarishi natijasida yuzaga 
    keladigan yoritilganlik tebranishining nisbiy chuqurligi orqali.
    Yoritilganlik pulsatsiya koeffitsiyenti (Кр) 10...20 % bo‘lishi lozim. 
    Yoritilganlikning notekislik koeffitsiyenti 
    (Knk) ishchi yuzadagi minimal va 
    maksimal yoritilganliklarning nisbati orqali ifodalanadi. 
    Таbiiу yoritish. 
    Таbiiу yoritish yorug‘lik o‘tkazish уo‘llariga bog‘liq holda yon tomonlama, 
    yuqori tomonlama 
    va 
    kombinatsiyalashgan, уa’ni ham yon, ham yuqori tomonlama 
    bo‘lishi mumkin. 
    Tabiiy yoritish darajasi kunning vaqtiga va iqlimiy sharoitlarga bog‘liq holda 
    ish vaqti davomida o‘zgarishi hisobli, ish joyining yoritilganligi bilan emas, balki 
    tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti orqali me’yorlashtiriladi. 
    Таbiiу yoritilganlik koeffitsiyenti deb xona ichidagi biror nuqtaning 
    yoritilganligini shu vaqtdagi tashqi muhit yoritilganligiga nisbatining foizdagi 
    ifodasiga aytiladi 
    Таbiiу yoritilganlik koeffitsiyenti yorug‘likning iqlimiy koeffitsiyentiga 
    bog‘liq bo‘lib, uning miqdori ishning ko‘rish bo‘yicha sinfiga, farqlash 
    obyektining eng kichik o‘lchamiga hamda iqlimning yorug‘lik mintaqasiga bog‘liq 
    holda maxsus jadvallardan tanlab olinadi va shu asosida binolarga o‘rnatilishi 
    lozim bo‘lgan derazalar soni aniqlanadi. 
    Sun’iу yoritish. 
    Sun’iy yoritish umumiy yoki kombinatsiyalashgan bo‘lishi mumkin. 
    Kombinatsiyalashgan yoritishda umumiy va mahalliy yoritish birgalikda 


    qo‘llaniladi. Umumiy yoritishda xona ichi umumiy chiroqlar yordamida yoritilsa, 
    mahalliy yoritishda esa chiroqlar bevosita ish joyiga yoki ish jihozi oldiga 
    o‘rnatiladi. Masalan, ish stoli ustida o‘rnatilgan ko‘chma chiroqlar, stanoklar yoki 
    boshqa ish qurilmalarida o‘rnatiladigan chiroqlar mahalliy yoritishga misol bo‘ladi. 
    Umumiy yoritish ish jihozi va ish joyining joylashishiga bog‘liq holda tekis 
    yoki lokal ko‘rinishda bo‘ladi. Bundan tashqari, sun’iy yoritish ishchi yoki 
    avariyaga oid bo‘lishi mumkin. Ishchi yoritishdan me’yoriy ish rejimini ta’minlash 
    maqsadida tabiiy yoritish bo‘lmagan yoki yetarli dаrаjada emas joylarda 
    foydalaniladi. Avariyaga oid yoritishdan asosiy yoritish qo‘qqisdan o‘chib qolgan 
    vaqtlarda yong‘in, portlash, ishchilarni zaharlanishi, jarohatlanish xavfi, texnologik 
    jarayonni uzoq to‘xtab qolishi yoki buzilishi, 
    aloqani uzilishi, suv, gaz ta’minoti to‘xtab qolishi ehtimoli bor bo‘lgan 
    joylarda hamda navbatchilik postlarida, turli xil tizimlarning, boshqarish 
    punktlarida foydalaniladi. 
    Yoritilganlikni me’yorlashni yengillatish maqsadida barcha ishlar aniqlilik 
    darajasiga ko‘га 6 sinfga bo‘lingan: 
    -o‘ta yuqori aniqlikdagi ishlar - 1 sinf;
    -
    juda 
    yuqori aniqlikdagi ishlar - П sinf;
    -yuqori aniqlikdagi ishlar - III sinf; 
    -o‘ta aniqlikdagi ishlar - IV sinf;
    -kam aniqlikdagi ishlar – V sinf;
    -dag‘al ishlar - VI sinf. 
    Eng yuqori yoritilganlik 1 sinfdagi ishlar исluп belgilangan bo‘lib, 5000 
    Lk 
    ni 
    tashkil etadi, kichik yoritilganlik 
    esa IV 
    sinfdagi ishlar исhun - 75 Lk qilib 
    belgilangan. 
    Tashqi muhitda bajariladigan ishlarda ish turiga bog‘liq holda yoritilganlik 2 
    dan 50Lk. gacha bo‘ladi. 
    Masalan, МТА1аrdа mashinalarning old qismidagi yoritilganlik 5 Lk, ishchi 
    a’zolardagi yoritilganlik 10 Lk bo‘lishi mumkin. 

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoritilganlikning pulsatsiya koeffitsiyenti

    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish