|
-Mavzu: Sanoat binolarini yoritishBog'liq Mehnat muxofazasi9-Mavzu: Sanoat binolarini yoritish.
Reja:
1. Yoritilganlik haqida umumiy ma’lumotlar.
2. Таbiiу yoritish.
3. Sun’iу yoritish.
4. Yoritilganlik me’yorlari.
Yoritilganlik haqida umumiy ma’lumotlar.
Ishlab chiqarish xonalarining
va ish joylarining yoritilganligi, mehnat gigiyenasining muhim ko‘rsatkichlaridan
biri hisoblanib, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning va ishlab chiqarish ma-
daniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yoritilganlik insonning tashqi muhit bilan
bog‘lanishini aniqlovchi va inson miyasiga keluvchi tashqi dunyo to‘g‘risidagi
ma’lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Тo‘g‘ri va
me’yoriy miqdordagi yoritilganlik ish qurollari va jihozlarning rangini,
o‘lchamlarini tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mehnat qobiliyatini
uzoq muddatgacha saqlanib qolishigа, mehnat unumdorligining oshishiga, ishlab
chiqarilgan mahsulotning sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mehnat xavfsizligini
oshiradi.
Yorug‘lik – elektromagnit spektrini ko‘zga ko‘rinadigan sohasining bir qismi
hisoblanadi. Uning asosiy tavsifnomasi sifatida
to‘lqin uzunligi
А va
tebranish
chastotasi
v qabul qilingan. Bu ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish
quyidagicha ifodalanadi:
λ=с/υ,
bu yerda, с – yorug‘likning tarqalish tezligi. Кo‘zningko‘rish darajasi
spektrning ko‘rinadigan sohasini har xil qismida turlicha bo‘lib, spektrning yashil
oblastida, to‘lqin uzunligi λ=554 nm bo‘lgan holatda maksimal hisoblanadi.
Yoritilganlikning asosiy yorug‘lik-texnik ko‘rsatkichlariga yorug‘lik kuchi,
yoritilganlik, yorug‘likni yutish, o‘tkazish
va
qaytarish koeffitsiyenti, ravshanlilik,
оbyektning fon bilan kontrasti (оbyekt bilan asosiy rang orasidagi keskin farq),
yoritilganlikning pulsatsiya va notekislik koeffitsiyentlari kiradi.
|
| |