oktavali, yarim oktavali, 1/3 oktavali va qisqa oktavali bo‘ladi. Tovush spektrlarini
viziual kuzatish (ko‘z bilan kuzatish) va rasmga tushirish maqsadida S-34 va SP-1
spektrometrlari hamda N-110, N-327-3 rusumli o‘zi yozar jihozlar ishlatiladi.
Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari.
Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo‘lib,
и
birinchi navbatda shovqin
manbasiga hamda shovqin darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Shovqinni inson
sog‘lig‘iga va ish qobiliyatiga salbiy ta’sirini bir usul orqali bartaraf etish mushkul
bo‘lganligi sababli, amalda kompleks usullardan foydalaniladi.
Bunday kompleks
usul o‘z ichiga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi:
-shovqinni o‘z manbasida kamaytirish;
-shovqinni tarqalish уo‘nalishini o‘zgartirish;
-binolarga akustik ishlov berish;
-ishlab chiqarish binolari va maydonlarining joylashishini ratsional
rejalashtirish;
-shovqinni tarqalish уo‘lida kamaytirish. Ushbu usullar ichida shovqinni o‘z
manbasida kamaytirish eng samarali hisoblanadi. Mashina va mexanizmlar
shovqinini
kamaytirish, detallarni tayyorlash sifatini oshirish, kam shovqin hosil
qiluvchi
material-lardan foydalanish, uzatmalarni to‘g‘ri tanlash, ishdan chiqqan
detallarni o‘z vaqtida almashtirish
va
shu kabi уo‘llar orqali amalga oshiriladi.
Мa’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida
aerogidrodinamik shovqin hosil bo‘ladi.
Bundan tashqari, bunday shovqinlar
shamollatkichlar, kompressorlar, nasoslar va ichki yonuv
dvigatellarini ishlashi
vaqtida ham yuzaga keladi.
Aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyuqliklarni uyurmasimon harakati
natijasida sodir bo‘lganligi sababli, ularni shovqin manbasida kamaytirish uncha
samara bermaydi. Shu sababli, bunday shovqinlar darajasi shovqin уo‘liga shovqin
susaytirgichlar o‘rnatish orqali kamaytiriladi.
Elektr qurilmalari va mashinalarida elektromagnit
xususiyatidagi shovqinlar
yuzaga keladi. Bunday shovqinlar hosil bo‘li-shining asosiy sababi – o‘zgaruvchan
magnit maydonlari ta’sirida ferromagnit massalarning titrashi hisoblanadi.
Transformatorlardagi bunday shovqinlar paketlarni zich joylashtirish va dempfer
(tebranishni
pasaytiruvchi,
yutuvchi)
materiallardan
foydalanish
orqali
kamaytiriladi.
O‘ta kuchli shovqinda ishlovchi qurilmalarni izolatsiyalashda tovush
kamaytiruvchi ekranlar ishlatiladi.
Nazorat savollari:
1. Shovqinning insonga ta’siri va uni me’yorlashtirishni tushuntirib bering.
2. Shovqin manbalari va texnik jihozlarning shovqin xususiyatlari nimalardan
iborat?
3. Shovqindan himoya qilishda qanday choralar ko‘riladi?