Sun’iу havo almashinish tizimlari




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

Sun’iу havo almashinish tizimlari. 
Sun'iy, уa’ni mexanik shamollatish tizimlarida havo almashinishi 
shamollatkichlar yoki ejektorlar yordamida amalga oshiriladi. Sun’iy havo 
almashinish qurilmalarining afzalliklari shundaki, ular yordamida xonaning 
istalgan joyidan iflos havoni haydab chiqarish yoki xonaga toza havo yuborish 
hamda bu qurilmalarga havoni isitish, namlash va tozalash moslamalarini o‘rnatish 
mumkin. Bunday shamollatish qurilmalari shamollat-kichdan, havoni yuborish 
yoki haydab chiqarish qurilmasidan, havo kanallaridan va filtrdan tashkil topgan 
bo‘ladi. Shamollatkichlar markazdan qochma va o‘qli bo‘ladi. Markazdan qochma 
ventelatorlar hosil qilgan bosimlariga ko‘га 3 turga bo‘linadi: 
– past bosimli – 1000 
N/m2 
gacha; 
– o‘rta bosimli – 1000...3000 
N/m2; 
– yuqori bosimli – 3000... 15 000 
N/m2. 
Shamollatkichlarning 
markasida 
ko‘rsatilgan 
raqam, 
ventelator 
ish 
g‘ildiragining diametrini bildiradi, masalan, №5 shamollatkichining 5 soni 
shamollatkich ish g‘ildiragining diametri Di.g.=500 mm ekanligini ko‘rsatadi. 
O‘qli shamollatkichlar past bosimli havo almashinish talab etiladigan ishlab 
chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Ular 250-300 N/m~ atrofida bosim hosil qiladi. 
Sun’iy shamollatish tizimlarining havo quvurlari рo‘latdan tayyorlanadi. 
Agressiv kimyoviy moddalar bilan ifloslangan havo harakatlanuvchi quvurlar esa 
zanglamaydigan рo‘latdan, viniplastdan yoki keramikadan tayyorlanishi mumkin. 
Havo quvurlari tizimiga xonaga kiritiladigan havoning miqdorini rostlash, havoni 
tozalash, isitish, sovutish va namlash moslamalari o‘rnatiladi. Havoni isitishda 
kaloriferlardan foydalaniladi. Ular tuzilishi va ishlash tamoyillari jihatidan 
avtomobillarning radiatoriga o‘xshash bo‘ladi. 
Havoni sovutish moslamalari esa 2 xil: sirt bo‘yicha sovutish va kontaktli 
sovutish qurilmalariga bo‘linadi. Sirt bo‘yicha sovutish qurilmalari kalorifer 
shaklida bo‘lib, sovutuvchi sifatida sovuq suv, ammiak yoki freondan 


foydalaniladi. Kontaktli sovutish qurilmalarida havo suv kamerasida yuzaga 
keluvchi yomg‘irli muhit orqali o‘tib soviydi. 
Havoni tozalashda esa turli xil materialli, moyli, elektrik va ultratovushli 
filtrlardan foydalaniladi.

Download 8,4 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish