Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish. 
Sanitar me’yorlarga asosan barcha ishlab chiqarish binolarida tabiiy 
shamollatish qurilmalari bo‘lishi shart. 
Таbiiу havo almashinish xona ichi havosi bilan tashqi muhit havosining 
bosimlari hamda zichliklari orasidagi farq asosida amalga oshiriladi. Ushbu 
shamollatish qurilmalarining asosiy kamchiligi havo almashinish darajasini tashqi 
muhit havosining haroratiga, bosimiga hamda shamolning tezligi va уo‘nalishiga 
bog‘liqligidadir. 
Таbiiу havo almashinish qurilmalari ishlash xususiyatiga ko‘ra 
tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo‘linadi. Agar shamollatish 
qurilmalarida havo oqimi уo‘nalishini va miqdorini rostlovchi moslamalar 
o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday shamollatish tizimi tashkillashtirilgan deb ataladi. 
Havoning tortish kuchini oshirish maqsadida tаbiiу havo almashinish 
qurilmalarida deflektorlardan foydalaniladi. 
Ular shamollatish kanallarining yuqori qismiga o‘rnatiladi. Havo oqimi 
deflektor orqali o‘tishi natijasida havo kanallarida siyraklanish hosil bo‘ladi va 
buning ta’sirida kanalda havoning tezligi oshadi. 
Deflektorning diametri quyidagicha aniqlanadi: 


D = 
0,0188 
d d W 
/

bu yerda, Wd – deflektorning ish unumdorligi, m3/s; 
Vd – havoning deflektordagi tezligi, m/s. 
Hisob ishlarida Vd – (0,2...0.4) Vx deb qabul qilish mumkin. Bu yerda, Vd – 
havoning tezligi, m/s.
Таbiiy havo almashinish qurilmalarining ishlash samaradorligi ulardan 
qanchalik to‘g‘ri foydalanish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun tabiiy havo 
almashinish qurilmalarining elementlari o‘rnatilib bo‘lingach, ular sinovdan 
o‘tkazilishi lozim. Buning uchun havo almashinishi ko‘zda tutilgan kanallar va 
tuynuklar ochib qo‘yiladi hamda ularning yuzasi aniqlanadi. Havo o‘tish уo‘lining 
o‘rtasiga anemometr o‘rnatilib, havoning tezligi o‘lchanadi. Shamollatish 
qurilmasining ish unumdorligi olingan natijalar asosida quyidagicha topiladi: 
Wt = 3600Vx Sx

t, 
bu yerda, Vx – havoning tezligi, anemometr ko‘rsatishi asosida, 
m/s; 
Sx.t. – havo o‘tish tuynuklarining umumiy yuzasi, m2 . 
Sinov vaqti turg‘un texnologik rejim davrida 1,5... 2,0 soat bo‘lishi lozim. 

Download 8,4 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish

Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish