|
O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202Bog'liq Mehnat muxofazasiHavoni konditsionerlash.
Shamollatish qurilmalari xona mikroiqlim sharoitini sanitar talablar asosida
doimiy ravishda me’yorlashtirish, ishchilarga qulay sharoit yaratish imkonini
bermaydi. Shu sababli, bu maqsadda konditsionerlardan foydalaniladi.
Konditsionerlar havoning haro ratini, namligini, harakatlanishini va tozaligini
avtomatik ravishda rostlash hamda havoni ozonlash va ionlash imkonini beradi.
Konditsionerlar markaziy, уa’ni bir necha xonaga xizmat qiluvchi yoki
mahalliy – bitta xonaga xizmat qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Мa’muriy binolar va uy sharoitlarida xona mikroiqlimini rostlash uchun ВК-
1500 hamda ВК-2500 markali konditsionerlardan foydalaniladi.
ВК-1500 konditsionerlarining sovuqlik ish unumi - 6,3 kDj (1,5 kkal), ВК-
2500 konditsionerlarniki esa - 10,5 kDj (2,5 kkal). ВК-1500 konditsioneri 25 m2
yuzali xonaga, ВК-2500 konditsioneri - 35 m2 yuzali xonaga mo‘ljallangan. Bu
konditsionerlar хопа havosini sovutish, changlardan tozalash, haroratni avtomatik
ravishda saqlash, havo namligini kamaytirish, havo harakati tezligini va
уo‘nalishini o‘zgartirish, shamollatkich rejimida ishlash imkoniyatlariga ega.
Isitish tizimlarining turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar.
Isitish qurilmalari Davlat standartlari talablari asosida me’yoriy mehnat
sharoitini ta’minlash maqsadida, ish zonasi havosi haroratining belgilangan
miqdorda bo‘lishini saqlashga xizmat qiladi.
Isitish qurilmalariga qo‘yilgan asosiy talablar
ishlab chiqarish xonalarida
havo haroratini me’yordagi miqdorda sanitar-gigiyenik talablar asosida saqlash
va
ishchilar uchun sog‘lom ish sharoitini ta’minlashdan iboratdir. Mehnat muhofazasi
nuqtayi nazaridan qaraganda isitish tizimlari ishlab chiqarish binolari va ish joylari
havosi haroratini butun isitish mavsumi davomida bir xil bo‘lishini ta’minlashi,
yong‘in va portlashga xavfsiz bo‘lishi, issiqlikni belgilangan miqdorda berishi,
havoni ifloslamasligi, shamollatish tizimlari bilan bog‘liq hamda foydalanishda
qulay bo‘lishi zarur.
1sitish qurilmalari mahalliy
va
markaziy isitish tizitmlariga bo‘linadi.
|
| |