4-Mavzu: Sanoat jarohatlari va kasb kasalliklari.
Reja:
1. Kasb kasalliklarini tasniflanishi.
2. Kasb kasalliklari etiologiyasi.
3. Kasb kasalliklarining guruhlarga bo‘linishi.
4. Kasb kasalliklarini davolash davo chora-tadbirlarining kompleksi.
Kasb kasalliklari kelib chiqishida ishlab chiqarish muhiti yoki mehnat
jarayonining noxush omillari ta ’siri hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ko‘pchilik kasb kasalliklarining klinik ko‘rinishi o‘ziga xos alohida
belgilarga
ega emas, shuning uchun ham kasal bo‘lgan kishining mehnat sharoiti
to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar kasallikning kelib chiqishida kasbiy omilning
etiologik rolini aniqlashga yordam beradi.
Kasb kasalliklari inson organizmiga u yoki bu kasbiy-ishlab chiqarishning
zararli omillari ta ’siri natijasi hisoblanadi (masalan,
silikozda kremniy dioksid
changi, zaharlanishlarda sanoatdagi zaharli moddalar va b.). Shu bilan bir qatorda
shunday kasalliklar mavjudki, ular kasbiy hamda atrof-muhitning boshqa omillari
ta’sirida rivojlanishi mumkin. Birinchi holatda ular kasbiy (masalan, bronxial
astma kimyo sanoati ishchilarida) va ikkinchi holatda umumiy (masalan, uy changi
ta’siridan rivojlangan bronxial astma) kasallik hisoblanadi.
Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining 1964-yildagi 124-
konferensiyasida birinchi marta kasb kasalliklari ro‘yxati
qabul qilindi va bu
ro‘yxatga
keng
tarqalgan
zararli
omillar
ta
’sirida
rivojlanuvchi
umumma’qullangan an’anaviy kasb kasalliklari kiritildi. 1980-yilda 66-butunjahon
konferensiyasida ushbu ro‘yxat qayta ko‘rib chiqildi. Hozirgi vaqtda butunjahon
mehnatni muhofaza qilish tashkilotining a ’zolari bo‘lgan
25
mamlakat
ko‘rsatilgan konvensiyani qayta ko‘rib chiqib tasdiqladilar. 1990-yilning 22-
mayida Yevropa komissiyasi 90/326/YeYeS tavsiyasini qabul qildi va kasb
kasalliklarining ro‘yxatini tasdiqladi. Lekin hozirgacha kasb kasalliklarining qabul
qilingan umumiy va yagona tasnifi yo‘q.
Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining a ’zosi bo‘lgan har bir
mamlakat o‘zining kasb kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlaydi
va ulaming oldini olish
hamda bemorlarni ijtimoiy himoya qilish choratadbirlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi kasb kasalliklarining ro‘yxati
etiologik prinsipga asoslangan bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan va 100 dan ortiq kasallikni o‘z ichiga olgan (3-ilovaga
qarang).
Shu bilan bir qatorda e’tirof etish kerakki, hozirgi vaqtda kasb kasalliklarini
aniqlash tartibi mavjud bo‘lib, u Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Republikasi Adliya vazirligi
tomonidan ro‘yxatga olingan kasb kasalliklari ro ‘yxati
kasb kasalliklarining
tashxisini aniqlashda asosiy hujjat hisoblanadi (ilovaga qarang).
Kasb kasalliklarini tasniflashda tizimlar bo‘yicha yoki etiologik tamoyilni
asos qilib olish mumkin. Tizimlar bo‘yicha tamoyil kasbiy zararli omillarning
organizm u yoki bu tizimlariga ko‘rsatadigan ta ’siriga asoslangan. Shunday qilib,
nafas olish a ’zolari, qon tomir tizimi, asab tizimi, teri, gepatobiliar tizim, buyrak
va siydik ajratuvchi yo‘llarning kasb kasalliklari haqida gapirish mumkin.
Lekin ko‘pchilik kasbiy zararli omillarning politropligi va ular visseral,
nevrologik va boshqa har xil sindromlar rivojlanishiga
olib kelishi mumkin
bo‘lgani tufayli etiologik sabab bo‘yicha tasniflash ko‘proq maqsadga muvofiq deb
qabul qilingan.
Kasb kasalliklari etiologiyasi bo‘yicha 5 guruhga bo‘linadi: