O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/151
Sana11.10.2024
Hajmi8,4 Mb.
#274522
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151
Bog'liq
Mehnat muxofazasi

1. Kimyoviy omillarning ta'siridan rivojlangan kasalliklar: 
o‘tkir va surunkali 
zaharlanishlar va ulaming asoratlari, teri kasalliklari (kontakt dermatit, 
fotodermatit. toksik melano-dermiya va boshqalar). 
2. Ishlab chiqarish aerozollarining ta ’siridan rivojlangan kasalliklar: 
-pnevmokoniozlar, 
silikoz, 
siderosilikoz, 
antrakosilikoz, 
asbestoz, 
karbokoniozlar, changli bronxit va boshqalar. 
3. Fizik omillar ta ’siridan rivojlangan kasalliklar: 
vibratsiya kasalligi, 
elektrooftalmiya. katarakta, koxlear nevrit, nur kasalligi va boshqalar. 
4. Jismoniy zo ‘riqishlar. organ va tizimlarning zo ‘riqishi bilan bog‘liq 
kasalliklar: 
koordinator nevrozlar, periferik nerv tizimining kasalliklari, bo‘yin va 
bel-dumg‘aza radikulopatiyalari, yelka epikondiliti va b. 
Bachadonning pastga siljishi, oyoqlarda venalaming varikoz kengayishi, ovoz 
boylamlarining zo‘riqishi natijasida kelib chiqqan kasalliklar (sumnkali laringit) va 
boshqalar. 
5. Biologik omillar ta ’sirida rivojlangan kasalliklar: 
yuqumli va parazitar 
kasalliklar - tuberkulyoz, brutsellez, virusli gepatit, disbakterioz, teri 
kandidomikozi, visseral kandidomikoz va boshqalar. 
Ushbu etiologik guruhlardan tashqari kasbiy xarakterdagi allergic 
(konyuktivit, rinofaringit, bronxial astma, dermatit, ekzema va boshqalar) va 
onkologik (teri. og‘iz bo‘shlig‘i, nafas olish a ’zolarining o‘smalari, leykozlar va 
boshqalar) kasalliklar ham mavjud. 
Kasb kasalliklarini aniqlashda quyidagi diagnostik tamoyillarga amal qilish 
zarur boiadi: 
1. Bemorning kasbini to ia tahlil qilish va mehnat faoliyati jarayonida 
xodimga zararli omillarning nechogii ta’sir ko‘rsatishini, ulaming ta’sir qilish 
muddati. shuningdek. ilgari boshdan kechirilgan umumiy yoki kasbga aloqador 
kasalliklami aniqlash kerak. 
2. Bemor bajaradigan ishning ta ’rifi va mehnat sharoitlarining sanitariya-
gigiyenik tavsifi bilan tanishish lozim. Bemordan olingan maiumotlar rasmiy 
hujjatlar bilan tasdiqlangan boiishi kerak. 
3. Kasallikning klinik ko‘rinishida shu kasb kasalligiga xos bo‘lgan klinik, 
biokimyoviy, rentgeno-morfologik belgilar majmuini aniqlash (masalan, simob va 
qo‘rg‘oshin ta ’siridan surunkali zaharlanishga va pnevmokoniozga sabab bo‘lgan 
belgilar va b.). 


4. Kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘lgan kimyoviy moddalar va ulaming 
derivatlarini, biologik suyuqliklarda bor-yo‘qligini va miqdorini aniqlash (simob, 
qo‘rg‘oshin. pestitsidlar va ulaming organizmda hosil qilgan birikmalarini qonda 
va siydikda aniqlash va h.k.). 
5. Mazkur kasb kasalligida kuzatiladigan, lekin umumiy kasalliklarda ham 
uchrab turadigan nospetsifik klinik belgilarni hisobga olish va taqqoslash, tashxis 
o‘tkazish (masalan. qo‘rg‘oshin va organik moddalar ta ’siridan kelib chiqqan 
kasalliklarga aloqador kamqonlik alomatlari va b.). 
6. Ayrim kimyoviy moddalarga nisbatan organizmning o‘ziga xos 
reaktivligini teri, intranazal, bronxial sinamalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash. 
7. Patologik jarayonning dinamik rivojlanishini o‘rganish, ya’ni zararli 
omilning ta’siri to‘xtatilgandan keyin g‘ayritabiiy jarayonning yo‘qolishi va b. 
8. Ish faoliyatida o‘tkaziladigan tibbiy davriy ko‘riklar xulosalarini o ‘rganish, 
uni hisobga olish, patologik jarayonni o‘rganish katta ahamiyatga ega. 
9. Maium bir kasbdagi ishchilar orasidagi bir xil o ‘tkir yoki surunkali kasb 
kasalligi bor-yo‘qligini aniqlash va h.k. 
Mehnatning sanitariya-gigiyenik sharoitlari noqulay bo‘lsa-da, har bir kasb 
kasalligining o‘ziga xos klinik belgilari bo‘lmagani sababli uni aniq ta’riflash 
uchun alohida tashxislash zarur (masalan, toksik gepatit, yuqumli gepatit va b.). 
Har qanday klinik amaliyotda tashxislashning umumiy qonun-qoidalari 
deontologik qoidalar bilan bogiiq. kasb kasalliklarida ham shunday xususiyatlar 
mavjud. 
Kasb kasalligini o‘z vaqtida aniqlash muhim o‘rin tutadi. Xastalikning kasbga 
aloqadorligini bilish vrach, shuningdek, bemomi qiziqtiradigan masalalardan 
biridir. Shuning uchun kasb kasalligi bor, deb shubha qilingan ishlovchi 
xodimJami kasb kasalliklari klinikasiga yuborish har tomonlama asoslangan 
boiishi kerak. 
Davolovchi 
vrach 
(yoki 
viloyat 
kasalxonasining 
kasb 
kasalliklari 
mutaxassisi), umumiy amaliyot shifokori bemorning kasbiy anamnezini, mehnat 
sharoitlarini, sanitariya-gigiyenik tavsifini, tu ra r joydan ambulatoriya varaqasini, 
kasallik tarixining ko‘chirma nusxasini, ishga kirmasdan oldin va ishlash vaqtida 
o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasini o‘rganib chiqishi zarur, ayni paytda ushbu 
shaxsda kasb kasalligi bor, deb shubha paydo boisa, uni konsultatsiyaga yuborish 
darkor. Kerakli barcha hujjatlanii sifatli tuzish kasb kasalliklaridagi asosiy 
deontologik talablardan biridir. Tashxisni o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘yish, vrachlik 
mehnat ekspertizasi masalalari - sanitariya-gigiyenik. tashkiliy-texnik va tibbiy 
choralar ko‘rilishi, kasbiy kasallikning oldini olish tadbirlari ichida eng muhimidir. 
Xulosa 
oxirida 
bemorning 
butunlay 
sog‘ayib 
ketishi 
uchun 
davolashsogiomlashtirish choralari, shu jumladan, kasalxona, sanatoriya va 
kurortlarda davolanish, jarrohlik yo‘li bilan davo qilish, profilaktoriylarda 
davolanish va dispanserlarda kuzatish ishlari va boshqalar tavsiya qilinadi. 
Kasb kasalliklari 2 ta guruhga bolinadi: 
1. Spetsifik kasbiy kasalliklar. Bunda kasallikni keltirib chiqargan omillar 
asosiy o ‘rinni egallaydi. Bu kasalliklar faqat ishlab chiqarish sharoitlarida 


rivojlanadi va o‘ziga xos spetsifik klinik belgilar bilan ifodalanadi. Masalan, 
pnevmokonioz kasalligi, vibratsion kasalligi, qo‘rg‘oshin, simob, benzol, 
pestitsidlar ta ’siridan rivojlangan kasbiy zaharlanishlar va boshqalar. 
2. Nospetsifik kasb kasalliklari. Maium bir zararli omilga ega bo‘lgan, ishlab 
chiqarish sharoitlarida vujudga kelgan umumiy kasalliklar shular jumlasidandir 
(masalan, surunkali bronxit, bronxial astma, sil kasalligi, o‘pka emfizemasi va 
boshqalar). 
Kasb kasalliklari, ayniqsa, uning yengil shakllari taslixisini aniqlash uchun 
shifokordan kasbiy hamda umumiy patologiya bo‘yicha chuqur bilimlar talab 
qilinadi. Har xil mutaxassislikdagi shifokorlar kasbiy patologiya bo‘yicha yetarli 
darajada tayyorlanmasalar, kasb kasalliklarini kech, ya’ni bemorlar mehnat 
layoqatini yo‘qotgan bosqichlarda aniqlashga, ko‘pincha asossiz kasalliklami kasb 
bilan bogiashga olib kelishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida, munozarali holatlarga 
sabab bo‘ladi, shifokorlarning tasdiqlarga tayanmagan holda bemorlarga 
kasalliklari kasb bilan bog‘liqligini aytish deontologik tamoyillaming buzilishi 
hisoblanadi. Asossiz qo‘yilgan kasb kasalligi tashxisi ko‘pincha bemorga 
psixologik ta'sir qilishi mumkin. 
Shuning uchun ham kasb kasalliklarida tibbiy deontologiyaning asosiy 
shartlaridan biri - birinchi marta kasb kasalligining tashxisini qo‘yishda katta 
mas’uliyatni his qilish hisoblanadi. Surunkali kasb kasalliklarining tashxisini 
birinchi marta faqat maxsus davolash-profilaktik muassasalari (kasbiy patologiya 
markazlari, ilmiy-tekshirish institutlarining kasb kasalliklari bo‘limi va tibbiyot 
institutlarining kasb kasalliklari kafedralari) qo‘yish huquqiga egadirlar. 
Kasb kasalliklarini davolash davo chora-tadbirlarining kompleksini qamrab 
olib, etiologik, patogenetik va simptomatik davo usullarini o‘tkazishdan iborat. 
Pestitsidlardan o‘tkir zaharlanishda ularning ta’sirida asosiy mexanizm 
xolinesteraza 
va 
oksidlanish-qaytarilish 
jarayonlarida 
ishtirok 
etuvchi 
fermentlaming faolligi bloklanisliidan iborat bo‘lgani uchun davolash darhol 
pestitsidlarning ta’sirini to‘xtatish, ularni organizmdan tezda chiqarish, 
detoksikatsiya va pestitsidlardan o‘tkir zaharlanishga xos bo‘lgan simptomlarni 
yo‘qotishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ushbu zaharlanishlarni davolash usullariga 
antidotlami (markaziy va periferik xolinolitiklar, xolinesterazaning reaktivatorlari 
va to‘qimalarda nafas olishni yaxshilash maqsadida sitoxrom S) qo‘llash kiradi. 
Ta'sir doirasiga ko‘ra, kislorod yetishmovchiligiga sabab bo‘luvchi 
zaharlardan o‘tkir zaharlanishda (is gazi, azot oksidlari, vodorod sulfid, sianli 
birikmalar, benzolning nitrobirikmalari va boshqalar) ham davolash toksik 
moddaning ta'sirini to‘xtatish. organizmdan zaharni tezda chiqarish va 
detoksikatsiyaga qaratilgan bo‘lishi zarur. Ushbu zaharlanishlami patogenetik 
davolash usullariga oksigenoterapiya kiradi.
Nazorat savollari: 
1. Kasb kasalliklari qanday tasniflanadi? 
2. Kasb kasalliklari etiologiyasi deganda nimani tushunasiz? 
3. Kasb kasalliklari necha guruhga bo‘linadi? 



Download 8,4 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151




Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202

Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish