Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko‘proq yonmaydigan va
qiyin
yonadigan
materiallarni
ishlatish,
texnologik
jarayonlarni
to‘liq
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘inga xavfli qurilmalar o‘rnatilgan
xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish yoki ularni mumkin
qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va
jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar
miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va
shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oishiriladi.
Yonuvchi muhitda yong‘inga olib keluvchi manbaning hosil bo‘lishini oldini
olish esa ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar,
mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish
qoidalari va rejimlariga to‘liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi
himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida,
kimiyoviy hamda mikrobiologik usulda o‘z-o‘zidan alangalanish sharoitlarini
bartaraf etish, belgilangan yong‘inga qarshi tadbirlarni to‘liq amalga oshirish, bino
chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Yong‘inga qarshi himoya tizimi
– yong‘in o‘chirish jihozlari va
texnikalaridan, уоng‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa
himoya vositalaridan, yong‘in signalizatsiyasi va yong‘in o‘chirish tizimining
avtomatik
qurilmalaridan
foydalanish,
оbyektning konstruksiyalari va
materiallariga yong‘indan himoyalovchi tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov berish,
tutunga qarshi himoya tizimlari, evakuatsiya уo‘llаri bo‘lishini ta’minlash,
binoning yong‘in mustahkamliligi darajasini to‘g‘ri tanlash kabi tadbirlarni o‘z
ichiga oladi.