|
-Mavzu: Yong‘in signalizatsiyasi. аvtomatik o‘t o‘chirish tizimiBog'liq Mehnat muxofazasi20-Mavzu: Yong‘in signalizatsiyasi. аvtomatik o‘t o‘chirish tizimi.
Reja:
1. Yong‘in muhofazasini tashkil etish.
2. Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari.
3. Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi.
4. Yong‘inni o‘chirishni tashkillashtirish.
Yong‘in muhofazasini tashkil etish.
Yong‘inni o‘chirishda professional va ko‘ngilli o‘t o‘chirish jamiyatlari
amalda faoliyat ko‘rsatadi. Professional yong‘in muhofazasi harbiylashtirilgan va
harbiylashtirilmagan turlarga bo‘linadi.
Tashkilotlar,
korxonalar
va
хo‘jаliklаrdа
yong‘in
muhofazasini
tashkillashtirish va оbyektlarning yong‘inga qarshi holatini ta’minlash ushbu
tashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi. Ular har bir ishlab chiqarish bo‘limi
uchun buyruq bilan javobgar shaxsni belgilashlari va ularning ishini nazorat qilib
borishlari zarur.
Хо‘jalik yoki korxonalarning ma’muriy-texnik xodimlari o‘zlariga tegishli
оbyektlarni ko‘rish va ulardan foydalanish davrida yong‘inga qarshi barcha
tadbirlarni to‘liq amalga oshishini ta’minlashlari, yuqori yong‘in muhofazasi
tashkilotlarining ko‘rsatmalari hamda qarorlarini bajarilishini nazorat qilib
borishlari, yong‘in-qorovul muhofazasini, yong‘in-texnik komissiyasini va
ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etishlari, ularning ish faoliyatlarini
doimiy nazorat qilib borishlari zarur.
Уоng‘in-texnik komissiyasi tarkibiga bosh mutaxassislar, muhandis-
quruvchilar, mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis va ko‘ngilli o‘t o‘chirish
drujinasining boshlig‘i kiradi. Komissiya bino va inshootlardan foydalanishda
yong‘in
muhofazasi
qoidalariga
amal
qilinishini,
yo‘1
qo‘yilayotgan
kamchiliklarni, texnikalardan foydalanishdagi yong‘in muhofazasi holatini
tekshirib boradi hamda tegishli choralar ko‘radi.
|
| |