• Yong‘inni o‘chirishni tashkillashtirish.
  • Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet139/151
    Sana11.10.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #274522
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   151
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi. 
    Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi yong‘inni o‘z vaqtida sezish, aniqlash va u 
    to‘g‘risida yong‘in o‘chiruvchilarga xabar berish uchun ishlatiladi. Ularga tele va 
    radio aloqa, yong‘in signalizatsiyasi qurilmalari, elektrik signallar, qo‘ng‘iroqlar va 
    transport vositalarining signallari kiradi. 
    А, В va V kategoriyasidagi yong‘inga xavfli оbyektlarda yong‘in xabar 
    beruvchilari (datchiklar) o‘rnatiladi. 
    Ular yong‘in bo‘lgan taq-dirda qabul qilish apparatiga signal yuboradi. 
    Bunday tizimlar yong‘in signalizatsiyasi deb ataladi. Yong‘inni avtomatik 
    signalizatsiya qurilmasi (YeASK) to‘g‘ri va aylanasimon shaklda o‘rnatiladi. Ular 
    ishlatiladigan datchiklar turiga bog‘liq holda issiqlik, tutun, muhofazalovchi va 
    kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. 
    Bu qurilmalar yong‘in va muhofaza-yong‘in turlariga bo‘linadi. Muhofaza-
    yong‘in tizimlari qimmatbaho materiallar saqlanadigan omborlarda hamda odamlar 
    ko‘р bo‘ladigan tashkilotlarda, aholi turar joylarida ishlatiladi.
    Yоng‘in va muhofaza-yong‘in signalizatsiyasining asosiy elementlariga 
    yong‘in to‘g‘risida xabar beruvchi qurilma, qabul qilish stansiyasi, aloqa liniyasi, 
    kuchlanish manbai, tovushli yoki yorug‘likli signal qurilmasi kiradi. 
    Yong‘in avtomatik signalizatsiyasiga APST-1, signalizatsiyali issiqlik 
    yong‘in qurilmasiga - STPU-1 lar misol bo‘la oladi. 
    Ushbu qurilmalardagi yong‘in to‘g‘risida avtomatik хаbаr beruvchi 
    moslamalar muhitdagi issiqlik o‘zgarishi, tutun va issiqlik o‘zgarishi hamda 
    yorug‘lik energiyasining o‘zgarishini qayd etish asosida ishlaydi. 
    Yong‘inni o‘chirishni tashkillashtirish. 
    Yong‘inni o‘chirishni tashkil etish yong‘inni o‘chiruvchi vositalarning 
    mavjudligiga, 
    ko‘ngilli 
    o‘t o‘chirish drujinachilari 
    va 
    yong‘in-qorovul 
    muhofazasini tashkil etilganlik darajasiga, otryadlar o‘rtasida ishni qanday tashkil 
    etilganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
    Agar yong‘inni o‘chirishda М-800А motopompasidan foydalanilsa, harbiy 
    hisob («bоеvоу ratchet») to‘rt kishidan, уa’ni otryad boshlig‘i, motorchi va ikki o‘t 
    o‘chiruvchidan iborat bo‘ladi. М-1200 motopompasi ishlatilganda esa otryad olti 


    kishidan: boshliq, motorchi va to‘rt' o‘t o‘chiruvchidan iborat bo‘ladi. 
    O‘t o‘chirish 
    vaqtida harbiy hisob quyidagi 5 otryadga bo‘linadi: 
    1. Qidirish, tekshirish otryadi – yonadigan оbyektni tekshirib, yong‘inni 
    o‘chirish ishlarini hamda odamlarni, mollarni 
    va 
    moddiy boyliklarni qutqarish 
    ishlarini bajarish ketma-ketligini belgilaydi. 
    2. Yong‘inni o‘chirish otryadi – avtosisterna, motopompa va nasos bilan 
    qurollangan harbiy hisobdan tashkil topadi. Yong‘inni o‘chirish va odamlarni 
    qutqarish ishlarini bajaradi. 
    3. Suv bilan ta’minlash otryadi – yong‘in nasosi, motopompa va boshqa o‘t 
    o‘chiruvchi texnikalarni uzluksiz suv bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
    4. Himoyalash otryadi – yonadigan оbyekt yonidagi boshqa оbyektlarga 
    young‘in o‘tmasligining oldini oladi, уa’ni yong‘inning tarqalishiga qarshi 
    kurashadi. 
    5. Qo‘riqlash otryadi – moddiy boyliklarni qo‘riqlaydi hamda o‘t o‘chirish 
    otryadiga yong‘indan qutqarilgan boyliklar va chorva mollarini xavfsiz joyga 
    evakuatsiya qilishda yordamlashadi. 

    Download 8,4 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   151




    Download 8,4 Mb.
    Pdf ko'rish