Rotorli ekskavatorlarda (rasm. 3.14) ishchi a ’zo rotor o ’qi oxirida
o ’m atilgan rotorli ch o ’m ichli g ’ildirak hisoblanadi. Rotor g ’ildiragining
aylanishida to g ’ jin si qirindilarini kesgan holda ular konveyerga tashlanadi,
konveyer rotor g ’ildiragi yon tom onida ekskavator o ’qida joylashadi. Keyin tog’
jinsi b o ’shatish konveyeriga va undan transport vositalariga etqaziladi.
Rotorli ekskavatom ing ishchi a ’zosi zanjirli ekskavatom ikiga qaraganda
quyidagi qulayliklarga ega. Qazish va yuklash operatsiyalari alohida am alga
oshiriladi, qazishning yuqori ta ’siri (zanjirlinikidan 1.5-2 m arta yuqori),
xavfsizlik va FIK. Rotorda 6 tadan 12 tagacha cho’michlar o ’m atiladi, ular
tishlar bilan ta ’m inlangan, tishlar qattiq q o ’tishmalar bilan ulangan.