91
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
О‘tilgan mavzuga oid savollar berilib, javoblar tо‘ldiriladi. Mustah
kamlanadi. Faol о‘quvchilar bilimi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa)
Milliy taom turlari haqida ma’lumotga egamisiz?
Ularni sanab
bering.
Guruhlar “Tarmoqlash” texnologiyasidan foydalanib, suyuq va qu
yuq taomlarni tarmoqlab beradilar.
Agar vatanimizning pazandachilik tarixini о‘rgansak, bu san’at
avloddan avlodga о‘tib, boyib, takomillashib boravergan. Ayollar
pazandachilikni barcha sirasrorlarini bilishlari kerak bо‘lgan. Ular
taom tayyorlashda masalliqlarni tо‘g‘ri
tanlabgina qolmay, uni isrof
qilmasdan did bilan tayyorlashgan.
Darslikning 123-sahifasidagi matnni gapirib bering.
Mavzu yuzasidan tushunchaga ega bо‘lib oldik. Keling, endi
vaqtimizni iqtisod qilish maqsadida amaliy mashg‘ulotga о‘tsak. Mavzu
yuzasidan tug‘ilgan savollarga amaliy mashg‘ulot
jarayonida javob
berib ketamiz. Qaynatma shо‘rva yoki mastava tayyorlash jarayoniga
oid videorolikni namoyish eting.